Korxonada ish o‘rinlari soni 3 mingtaga yetkaziladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida faoliyat yuritayotgan “Fazman textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududdagi yirik tekstil korxonalaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda korxonada 1200 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qilmoqda.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli tekstil mahsulotlarining qariyb 90 foizi tashqi bozorlarga eksport qilinmoqda. Tayyor mahsulotlar MDH mamlakatlari bilan bir qatorda Yevropa, Amerika va Meksika bozorlariga yetkazib berilmoqda.
[gallery-30017]
Korxona rahbari Tohir Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, hozirda investitsiya loyihasining ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, korxonadagi ish o‘rinlari soni 3 mingtaga yetkaziladi.
— Bugungi kunda Germaniya, Polsha, AQSH, Meksika va Rossiyadagi hamkor kompaniyalardan erkaklar kostyum-shimi, ko‘ylak va nimchalari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik buyurtmalar qabul qilingan. Korxonada xaridorlar talabiga mos, zamonaviy dizayn va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega mahsulotlar tayyorlanib, eksportga yo‘naltirilmoqda, - deydi tadbirkor.
Ta’kidlash joizki, korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA