Ma’lumki, shu yilning 1 noyabridan 1 dekabriga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida ham “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilingan.

Ushbu oylik doirasida hududlarda “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish” mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar uyushtirilmoqda.  

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida mazkur muloqotlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarma boshlig‘i Abdumalik Yo‘ldoshev, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Sardor Mamanov tomonidan tizimga kiruvchi barcha muassasalarda korrupsion holatlarning oldini olish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, “manfaatlar to‘qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan soha vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan emlash kabi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.  

Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Tadbirda korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallari keng targ‘ib qilindi va bu haqda tayyorlangan targ‘ibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil o‘qib o‘rganish uchun yetkazildi.  

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi.  

Shuningdek, har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, xodimlarda “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirish uchun ularni huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, unga imkon berayotgan holatlar to‘g‘risida hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik mavjudligi haqida rasman ogohlantirildi.  

Ochiq muloqotda Toshkent shahar prokuraturasi mas’ul xodimi Zabixilla Husanov, shahar ichki ishlar boshqarmasi vakili Davron Ahmedov hamda boshqalar so‘zga chiqdi. Ular tomonidan ta’lim sohasini shaffof va korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish yo‘lida hamkorlikni yanada yaxshilash zarurligi bildirildi.  

N.Usmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" ta’lim maskanlarida ham davom etmoqda