O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ta’lim tizimida rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari natijasida Koreya Respublikasining Adju universiteti hamda Toshkent shahridagi Adju universiteti talabalari o‘rtasida yozgi va qishki mavsumlar uchun alohida ta’til dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston talabalari oxirgi ikki yildan buyon yozgi ta’til davomida Koreya Respublikasiga sayohat qilgan bo‘lsa, ayni kunlarda, “Xalqaro qishki maktab — 2024” dasturi doirasida Koreyadan oltmish nafardan ziyod talaba yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. 

Dastavval, Toshkent shahridagi Adju universitetida koreyalik talabalarni O‘zbekiston tarixi, madaniyati va raqs san’ati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tarix fanlari doktori, professor Saodat Davlatova hamda xoreograf Gulandon Quronboyevalar ma’ruza qildi. Go‘zal urf-odat va an’nalarimiz yo‘g‘rilgan raqs taqdimotlari mehmonlarda o‘zgacha qiziqish uyg‘otdi.   

Delegatsiya a’zolari poytaxtimizdagi diqqatga sazovor joylar, xususan, Hazrati Imom (Xasti imom) majmuasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Toshkent teleminorasiga ekskursiya qildi. Yurtimizning boy tarixi, buyuk bobokalonlarimizning dunyo hamjamiyatiga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berib borildi.  

Samarqand shahriga sayohatda esa Registon maydoni, Amir Temur va Bibixonim maqbarasi, Shohi Zinda majmuasini ko‘rishdi. Ilk marta yurtimizga kelgan xorijlik talabalarda qadim Samarqand, ayniqsa, Registon maydoni o‘zgacha taassurot uyg‘otdi.  

Shuningdek, delegatsiya yurtimizda faoliyat yuritayotgan bir qancha tashkilotlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi, Janubiy Koreyaning Savdo-sotiqni rivojlantirish agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.  

So‘ngra, Toshkent shahridagi “Rishton” choyxonasida mahoratli oshpazlar Anvar Iminoxunov, Azamat Abduxalilov tomonidan milliy taomimiz — osh pishirish jarayoni bilan tanishtirildi. Farg‘onacha oshning mazasi, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz mehmonlarga manzur bo‘ldi. 

Ularga dunyoga mashhur Rishton milliy kulolchilik maktabi mutaxassislari tomonidan mahorat darsi ham o‘tildi.  

O‘ylaymizki, bu kabi hamkorlik loyihalari ko‘lamini kengaytirish ikki davlat o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi barqaror, ishonchga asoslangan rishtalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyaning Adju universiteti talabalari – O‘zbekistonda