“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi doirasida barcha tashkilot va idoralarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Milliy gvardiya markaziy devonida bo‘lib o‘tgan videokonferensaloqa shaklidagi seminar ham ushbu Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov ishtirok etib, ma’ruza qildi.  

Yig‘ilishda ishtirok etgan Milliy gvardiya qo‘mondonligi, markaziy devon hamda hududiy bo‘linmalar shaxsiy tarkibiga Konstitutsiyamizga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar hamda ularning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Konstitutsiyaviy islohotlar zamirida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash maqsadi hamda “Inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan ezgu tamoyillar mujassam ekanligi ta’kidlandi.  

Uchrashuvda Akmal Saidov seminar ishtirokchilari bilan ochiq muloqotga kirishdi. Unda harbiy xizmatchi va xodimlar mavzuga oid qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga, yangi loyihaga o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Asosiy qonunimiz hisoblangan Konstitutsiyaning yangi islohotlari – mamlakatimizda fuqarolarning barcha sohalardagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga hamda himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanishi va mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim huquqiy asos bo‘lishiga ishonch bildirdilar. 

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohotlar Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida muhokama qilindi