Konstitutsiya — barcha qonunlarimizning asosi, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz baxt-saodatining kafolati.

Shunday ekan, bu Asosiy qonunimizni bugungi islohotlar ko‘lamidan kelib chiqqan holda takomillashtirib borish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayni maqsadda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasidan o‘tkazilmoqda. Bu muhim jarayonda barcha tashkilot va idoralar ishtirok etayotir.  

Kuni kecha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya — millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va e’tiqod erkinligimiz garovidir” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ham ayni maqsadga qaratildi.  

Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov ishtirok etdi va ma’ruza qildi. 

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda hayotimizning barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar olib borilayotir. Buning zamirida, eng avvalo, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan e’tibor, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarining eng oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi hayotiy tamoyil mujassam. Konstitutsiya – istiqlol va mustaqil O‘zbekiston ramzi, g‘urur-iftixori, shu zaminda istiqomat qilayotgan millati, dini, irqi, tilidan qat’i nazar, barcha uchun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi dasturilamal hujjatdir. bugungi islohotlar davrida uni yanada takomillashtirishga, o‘zgartirishga katta ehtiyoj sezilayotgani alohida ta’kidlandi. 

Akmal Saidov o‘z ma’ruzasi davomida Konstitutsiya bugungi sa’y-harakatlar uchun dastur bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlab, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda bugungi jarayonlar yuzasidan  batafsil ma’lumotlar berdi.   

Bosh qomusimizga Yangi O‘zbekistonga hamda uning taraqqiyotiga javob beradigan yangi qoidalarni kiritish kerak bo‘ladi. Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati, uning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi ekani, fuqarolarning burch va majburiyatlari, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, ta’lim, fan, madaniyat hamda ma’naviyat rivojida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risida batafsil tushuntirildi. 

O‘z navbatida, tadbir ishtirokchilari ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bir qator takliflarini berdi, o‘z munosabatlarini bildirdi. 

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya — millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik garovidir