Kongo va Ugandada “ebola” virusi bilan bog‘liq favqulodda vaziyat yuzaga keldi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kongo va Ugandada “ebola” epidemiyasi tarqalganidan so‘ng, ikki o‘lkada favqulodda holat deb e’lon qildi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Kongoning Ituri viloyatida o‘nlab o‘limlar va yuzlab shubhali holatlar qayd etilgan. Epidemiya Bunia, Pvampara va Mongbvalu kabi bir nechta sog‘liqni saqlash hududlariga ta’sir ko‘rsatdi. Kongodan qasallikni yuqtirgan odamlarning Uganda poytaxti Kampalaga kelishi bu yerda ham xavfli holatlarni yuzaga keltirmoqda.
S.Rahimov, O‘zA