Kongo va Ugandada Ebola: yangi virus aniqlandi
Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada davom etayotgan Ebola epidemiyasi virusning avval qayd etilmagan Bundibugio varianti bilan bog‘liqligi, zararkunanda odamga hayvondan yangi yuqish holati orqali tarqalgani ehtimoli mavjudligi aytilyapti. Bu haqda “Nature Medicine” jurnalida e’lon qilingan yangi tadqiqotda ma’lum qilingan.
Kongo, Uganda va Belgiya olimlari tomonidan 22 nafar bemordan olingan namuna genetik tahlil qilindi. Natijada hozirgi virus shtammi 2007 va 2012-yillardagi epidemiyada kuzatilgan Bundibugio virusidan farq qilishi aniqlangan.
Hozircha virus qaysi hayvondan yuqqani aniq emas. Tahlil Ugandadagi holat Kongodagi epidemiya bilan bog‘liqligini ham tasdiqlagan.
Epidemiya 15-may kuni e’lon qilingan. So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Kongoda 4 381 tasdiqlangan holat qayd etilgan, qurbonlar soni 2 mingdan oshgan.
D.Hakimov, O‘zA