Har yili mamlakatimizda may oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan turli kasb egalari va mehnat faxriylari ishtirok etdi. Unda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi – Bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. 

Keyingi yillarda kombinatda transformatsiya jarayonlari jadallik bilan davom etyapti. Korxona jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashmoqda. O‘tgan yili kombinat “S&P Global Ratings” va “Fitch Ratings” agentliklari tomonidan birinchi xalqaro kredit reytingini oldi. Ilk bor 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi xalqaro korporativ obligatsiyalari chiqarilib, London fond birjasiga joylashtirildi. Joriy yilning fevral oyida kombinat va aprel oyida esa “Navoiyuran” davlat korxonasiga “Sustainable Fitch” xalqaro agentligi tomonidan ESG-reytingi berildi. Bu ikki korxona O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida ESG-reytingini olgan birinchi kompaniyalar bo‘ldi. 

[gallery-23407]

Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan katta e’tibor va kombinatni rivojlantirish dasturlari muvaffaqiyatli bajarilishi natijasida qator yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Jumladan, Investitsion loyihalarni jadalashtirish evaziga 2026 yilgacha mo‘ljallangan dastur ijrosi 2024 yilda, muddatidan ikki yil oldin bajarildi. 

Joriy yil aprel oyining oxirida yirik loyiha – “Zarmitan” konida muhandislik jihatidan noyob bo‘lgan “Skipli” shaxta stvoli ishga tushirildi. Uning chuqurligi 1000 metr bo‘lib, kelgusida shaxtada oltin tarkibli ma’danlarni qazib chiqarish yillik quvvatini 1,4 million tonnaga yetkazish imkonini beradi. 

Mazkur yilda “Muruntov” konini o‘zlashtirishning keyingi bosqichi, shuningdek, “Dovg‘iztov” va “Kokpatas” konlaridan oltin ma’danlarini qazib olishning uchinchi bosqichi boshlanadi. 

7-gidrometallurgiya zavodining texnologik ma’danlarni qayta ishlash yillik quvvatini 25 million tonnaga, 3-gidrometallurgiya zavodining qayta ishlash yillik quvvatini 10 million tonnaga yetkazish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

 “Pistali” koni hududida esa 165 gektarlik bog‘ yaratilib, unga mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy nomi berildi. 

Tadbirda kombinat tizimida mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlar ko‘p yillik fidokorona mehnati, sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan yuksak hissasi uchun hamda kasb bayrami munosabati bilan 1-, 2- va 3-darajali “Konchilik shuhrati”, “NKMK faxriysi” ko‘krak nishonlari, “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.

 “Farhod” madaniyat saroyi san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni keng nishonlandi