Ko‘knori urug‘ining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
“Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va ularning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish doirasida navbatdagi qonunbuzilish holati aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatdan mamlakatimiz hududiga kirib kelayotgan fuqaroning transport vositasi bojxona xodimlari hamda kinolog ishtirokida belgilangan tartibda batafsil ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik jarayonida yuk hujjatlari va bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan, og‘irligi 5,01 gramm bo‘lgan 1 dona ko‘knori boshchasi hamda 153,16 gramm ko‘knori urug‘i borligi aniqlandi.

Ta’kidlash joizki, bojxona organlari tomonidan chegara orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning urug‘larini noqonuniy olib o‘tishga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA