Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l hamda Bo‘zatov tumanlari bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda chet el valyutasi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Jumladan, To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro  B.R. 3 ming 900 AQSH dollarini  fuqaro B.K.ga 50 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bo‘zatov tumanida esa fuqaro N.A qonunga xilof ravishda  4 ming AQSH dollarini 51 million 600 ming so‘mga sotib olgan vaqtida  ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi