O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) uzoq yillik hamkorlikka ega, ushbu hamkorlik 1995 yilda «O‘zbek-Koreys do‘stlik klinikasini barpo etish loyihasi» orqali boshlangan.

KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vazirlik bilan birgalikda tibbiyot sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan boshqa qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Hamkorlik yillari davomida respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish maqsadida agentlik 40dan ziyod umumiy qiymati 150 million dollardan oshadigan dastur va loyihalar ustida ishladi.

O‘zbekistonda COVID-19 oqibatlariga qarshi kurashishga qaratilgan majmuaviy dastur shunday istiqbolli harakatlarning navbatdagisi. Bugun, 12 may kuni mazkur dastur doirasida Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga Multisperal kompyuter tomagrafiyasi (MSKT) apparati va boshqa laborator jihozlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti va KOICAning yurtimizdagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etgan tadbirda mutaxassislar salohiyati oshirilgani, endoskopiya bo‘limi, referens va biokimyo laboratoriyalari diagnostika jihoz-uskunalari bilan ta’minlangani alohida qayd etildi.

2020-2021 yillarga mo‘ljallangan, vazirlik hamda KOICA o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumlar asosida mamlakatimizda COVID-19 oqibatlariga qarshi kurashishga qaratilgan hujjat 10 million dollar grantga baholangan. Shundan 9 million dollar sog‘liqni saqlash komponentlariga yo‘naltirilgan.

Ma’lum qilishlaricha, dasturning yakuniy bosqichiga, aynan, 1,8 million dollarga baholangan yuqori darajadagi texnikalarni institutga tantanali topshirish vazifasi yuklatilgan.

[gallery-7075]

Marosim ishtirokchilari dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z yuritar ekan, respublikada sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, yangi tehnolagiyalarni joriy etish va mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shishda samarali mehnati uchun KOICA vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Virusologiya institutida yangi laboratoriya va alohida bo‘limlar ochilgani, sohaga oid ilg‘or texnologiyalar jalb qilinayotgani juda quvonarli, – dedi Ulug‘bek Sobirov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari. – So‘nggi yillarda virusologik kasalliklarga chalinish holatlari ancha kamaygan, bu tizimda olib borilayotgan islohotlar samarasi, albatta. Ko‘rinmas dushman – bakteriya va mikroblarga qarshi kurashishda bunday jihozlar o‘ta zarur.

Tadbirda, shuningdek, 2022 yil Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda qiymati 14.2 million dollarga teng, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga qaratilgan loyihaning 3chi bosqichini boshlash rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

– Kelgusida yangi loyihalar doirasida hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi, – deb ishonch bildirdi agentlikning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari muovini Pak Xedjong. – O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi jahonning rivojlangan mintaqalarida yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga aminman.

Marosim davomida institut faoliyati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar xususida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar KOICA tomonidan taqdim etilgan har bir diagnostika jihoz-uskunalari bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda KOICA Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti, Milliy bolalar tibbiyot markazi va boshqa tibbiyot muassasalari bilan birgalikda yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish, davolash va ilmiy tadqiqotlar olib borishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KOICA Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga laborator jihozlarni tantanali topshirdi