O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Seul shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA prezidenti Son Xyuk Sang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, konstruktiv muloqot rivojlanish jarayonidagi ko‘p qirrali moliyaviy va texnik hamkorlikning hozirgi holatini har tomonlama ko‘rib chiqish imkonini berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda KOICA vakolatxonasi ochilgandan buyon qiymati 130 million dollarga teng 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilib, Koreyadagi o‘zbek mutaxassislari uchun 2 mingdan ortiq tajriba oshirish tadbirlari tashkil etilgan. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot texnologiyalari, kommunal xo‘jaligi, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa sohalarda KOICAning 600 dan ortiq ko‘ngilli-mutaxassislari O‘zbekistonda missiyalarini amalga oshirdi.

Joriy yil ta’lim, axborot-kommunikatsiya, ekologiya va tibbiyot sohalarida boshlangan grant loyihalari amalga oshirilishi, shuningdek, Koreya Respublikasi Prezidentining 2019 yil aprel oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan va KOICA grant mablag‘larining 72 million dollardan ziyodini O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etishni nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli Hamkorlik dasturini hayotga tatbiq etishda erishilgan yutuq e’tirof etildi.

Tomonlar Agentlik bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish salmoqli salohiyatga ega ekanini qayd etib, raqamlashtirish, kimyo sanoati, tadbirkorlikni rivojlantirish, ekologiya, ko‘kalamzorlashtirish va virusli kasalliklar, jumladan, COVID-19 qarshi kurashish kabi sohalarda yangi loyihalar amalga oshirish istiqbolini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida KOICA bilan maktabgacha va kasb-hunar ta’limi, raqamlashtirish, kimyo, tadbirkorlikni rivojlantirish, ekologiya, ko‘kalamzorlashtirish va cho‘llanishga qarshi kurashish, shuningdek sog‘liqni saqlash sohalarida yangi grant loyihalari yo‘lga qo‘yilishini ko‘zda tutuvchi 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi masalasi kelishib olindi. Kelishilgan loyiha va dasturlarni ilgari surishni jadallashtirish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi yakdil ma’qullandi.

G. Sattorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KOICA bilan hamkorlikni chuqurlashtirish istiqboli muhokama qilindi