Kognitiv tishunoslikning asosiy kategoriyalari
Sohiba BABANAZAROVA doktorant Xorazm Ma’mun akademiyasi Xorazm, O‘zbekiston sohibababanazarova@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning fundamental tushunchalari va ilmiy asoslari ko‘rib chiqiladi va konsept, konseptosfera hamda ularning tafakkur jarayonlaridagi o‘rni batafsil yoritiladi, kognitiv tilshunoslikning nazariy asoslari va asosiy kategoriyalari tahlil qilinadi. Kognitiv tilshunoslik inson tafakkuri, dunyo tasavvuri va til o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadigan fan sohasi sifatida tavsiflanadi. Maqola zamonaviy kognitiv tilshunoslikda keng qo‘llaniladigan asosiy kategoriyalarni aniqlashga yordam beradi va til, tafakkur hamda madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq anglash imkonini yaratadi.
Tayanch so‘zlar: kognitiv tilshunoslik, konsept, konseptosfera, konseptual tuzilmalar, til va tafakkur, kognitiv strukturalar.