O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq ko‘chma savdo faoliyati tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘chma savdo ob’ektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 3 avgustdagi 485-son qaroriga muvofiq, ko‘chma savdo joyi joylashish sxemalari doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi.

Tadbirkorlik sub’ektiga elektron onlayn-auksionda sotib olingan ko‘chma savdo joyidan ko‘pi bilan 36 oy muddatga foydalanish huquqi beriladi.

Ko‘chma savdo joyining boshlang‘ich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer solig‘iga teng.

Auksionda har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan ko‘chma savdo ob’ektini joylashtirish davrining tugash sanasidan kechiktirmasdan tadbirkorlik sub’ekti ko‘chma savdo joyini bo‘shatishi lozim (uzaytirilgan holatlar bundan mustasno).

Tegishli savdo joyida ko‘chma savdo ob’ektini joylashtirish muddatini ikki martadan ortiq uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur cheklov savdo avtomatlariga tatbiq etilmaydi). Bunda ko‘chma savdo sub’ekti ko‘chma savdo ob’ektini joylashtirish muddati tugagunga qadar “K-SAVDO” AATda ko‘chma savdo ob’ektini joylashtirish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi elektron blankani to‘ldirishi lozim.

Ko‘chma savdo ob’ektlari:

elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan faqat avtonom qurilmalar orqali ta’minlanadi;

Ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ulanadi.

Ko‘chma savdo ob’ekti ixtisoslashuvi bo‘yicha ta’qiqlanadigan turlar:

texnik jihatdan murakkab maishiy mahsulotlar, tez buziladigan tovarlar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar, termik ishlov berilmagan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtammlari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar, aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar, hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar, diniy mazmundagi materiallar.

“E-auksion.uz” portalida 1 mingdan ortiq ko‘chma savdo joylari bilan tanishing.

G‘olib auksionda tasdiqlangan narxni to‘laydi va Davlat soliq qo‘mitasidan 36 oy foydalanish huquqini beradigan guvohnoma oladi.

To‘lov auksionda tasdiqlangan narx BHMning 5000 baravarigacha bo‘lsa 10 ish kunida, undan oshiq bo‘lsa 15 ish kunida to‘lanishi talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo joyini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berish taqiqlanadi.

Elektron onlayn-auksionlarni 

tashkil etish markazi DUK PR-xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chma savdo joylarini “Ye-auksion” platformasi orqali ijaraga olish mumkin