Davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish savdolari “E-IJRO AUKSION”da amalga oshiriladi
Davlat mulki obyektlarini sotishni soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkazish muddati 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Davlat mulki obyektlarini sotishni soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkazish muddati 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 fevralda “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Davlat mulki obyektlarini sotishni soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkazish muddati 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga oʻtkazildi.
2019 yil 1 iyuldan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish savdolari “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi.
“E-IJRO AUKSION”da 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narx boʻyicha qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari ular toʻliq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi.
Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi tuzildi.
2019 yil 1 martdan davlat koʻchmas mulk obyektlari va davlat ulushlarini sotib olish toʻlovlarini toʻlashning quyidagicha muddatlari joriy etildi:
• EKIHning 3 000 baravarigacha – oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
• EKIHning 3 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 7 000 baravaridan koʻp boʻlmaganda – oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
• EKIHning 7 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 15 000 baravaridan koʻp boʻlmaganda – oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yildan koʻp boʻlmagan muddatda;
• EKIHning 15 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 20 000 baravaridan koʻp boʻlmaganda – oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab ikki yildan koʻp boʻlmagan muddatda;
• EKIHning 20 000 baravaridan yuqori boʻlganda – oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda.
Xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari toʻlov muddatlarini uzaytirish va chegirmalar taqdim etish mexanizmlari qoʻllanilmagan holda sotiladi.
Davlat organlari qarorlari boʻyicha sotilgan obyektlarning oldi-sotdi shartnomalari majburiy notarial tasdiqlanmaydi.
“Nol” qiymatda sotishda, shu jumladan, avval sotilgan davlat mulki obyektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilgan deb qabul qilingan paytdan boshlab bir yil davomida yangi ish oʻrinlarini saqlab qolish tartibi bekor qilindi.