Ğallaorolning eng kitobxon yoş oilasi aniqlandi
Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida «Yoş kitobxon oila» tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Yoş oilalarning mutolaaga qiziqişini oşiriş, oilaviy kitobxonlik anʼanalarini mustahkamlaşga qaratilgan tanlovning saralaş jarayonlarida 34 ta mahalladan mingdan ortiq yoş oila qamrab olindi.
Tadbirda tuman Yoşlar işlari bölimi boşliği Jamşid Norbekov kitobxonlik madaniyatini oilada şakllantiriş farzandlarning intellektual salohiyati va dunyoqaraşini yuksaltirişda muhim örin tutişini taʼkidladi. Tuman bosqiçiga saralab olingan oilalarga muvaffaqiyat tiladi.
Bellaşuvda iştirokçilar badiiy va ilmiy-ommabop asarlar böyiça bilimini sinovdan ötkazdi. Ularning özbek va jahon adabiyoti namunalarini qay darajada özlaştirgani, tezkor fikrlaş könikmalari baholandi. Jumladan, 25 ta test savoliga javob beriş uçun 25 daqiqa vaqt ajratildi.
Tanlov yakuniga köra, eng yuqori natijani qayd etgan Abdualiyevlar oilasi birinçi örinni egalladi. Ğolib oila tanlovning viloyat bosqiçida Ğallaorol tumani şarafini himoya qiladi.
[gallery-32557]
Tadbir yakunida ğolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Jamşid YORBEKOV (surat), ÖzA