Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Anorzor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi E’tibor Halimova asli kasbi ginekolog vrach. U ko‘p yillar o‘z sohasida faoliyat ko‘rsatib, el hurmatini qozongan ayol. Nafaqaga chiqqach, mahalla raisi sifatida ham ishladi. Hozirda esa oilaviy tadbirkorlik bilan mashg‘ul.

Gap shundaki, E’tibor aya anorchilik bilan shug‘ullanib, halol mehnat qilayotgan qishloq ayollaridan biridir. Anor va limon yetishtirib, oila daromadini boyitmoqda, halol rizq topmoqda.    

Onaxon bilan suhbatimiz anorchilik sir-asrorlari va oilaviy tadbirkorlik samaralari xususida bo‘ldi:  

— Bizning hududimiz asosan anor yetishtirishga ixtisoslashgan, — deydi E’tibor Halimova. — O‘zimizga tegishli yer maydonida 500 tup anorimiz bor. Asosiy daromadimiz ana shu anor hosilidan. Bu yilgi anomal sovuq ko‘pchilik dehqon va bog‘bonlarning hosiliga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Biz anorlarimizni ko‘mgan edik. Har yili 10 tonna hosil yetishtirardik. Bu yil ham hosilimiz yomon bo‘lmadi — 6 tonna anor oldik. Bundan tashqari, hovlimizdagi limonariyamizda 50 tup limon daraxtlarimiz bor. Undan ham qo‘shimcha daromad olamiz.    

— Anorzor va limonzordagi ish-yumushlarni asosan oilangiz bilan bajarasizmi yoki ishchi ham olganmisiz?  

— Hozircha faqat oila a’zolarimiz bilan ishlaymiz. To‘rt nafar farzandim bor. Asosan o‘zim, o‘g‘illarim va kelin-nevaralarim birgalikda ishlaymiz. Mehnat qilishni, mehnat bilan rizq topishni  ota-bobolarimizdan o‘rganganmiz. Biz ham nevaralarimizga halol mehnatning orqasidan non topishni, mehnat qilishni o‘rgatyapmiz.    

— Tonnalab anor yetishtirish, uni saqlash oson bo‘lmasa kerak. Hosilni qishda va erta bahorgacha qanday saqlaysizlar?  

— Albatta, peshona terimiz bilan yetishtirgan hosilni nes-nobud qilmay terib olish va saqlash muhim. Buning uchun hovlimizda alohida maxsus omborxonamiz bor. Bundan tashqari, viloyatimizdagi va Toshkentdagi meva-sabzavot saqlanadigan katta muzlatkichlarda ham saqlaymiz. Bu esa mevaning sifati o‘zgarmasligini ta’minlaydi, yil davomida bozorlarimizga yetkazib berishda qo‘l keladi. Anorlarimiz o‘zining navi bilan, yaxshi saqlangani bilan juda xaridorgir.    

— Bugun tadbirkorlarga, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor haqida qanday fikrdasiz?  

— Albatta, bugun yurtimizda oilaviy tadbirkorlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlashga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bundan juda mamnunmiz. Bugun mehnat qilgan inson ko‘zlagan maqsadiga erishmoqda. Halol mehnat bilan, albatta, orzu-havaslarga erishish mumkin.  

Ba’zida noligan, diydiyo qilgan ayollar haqida ko‘p eshitaman. Noshukur bo‘lmasligimiz kerak. Yurtimiz tinch-osoyishta, hamma sharoit bor. Harakat qilgan odam kam bo‘lmaydi, xor bo‘lmaydi. Alloh “sendan harakat — mendan barokat” degan. Demak, faqat harakat qilishimiz kerak. Inson bir joyda to‘xtab qolmasligi lozim. Shundagina ko‘zlagan maqsadlarga erishish mumkin. Biz ham halol mehnatimiz orqasidan to‘ylar qilyapmiz, yaxshi niyatlar qilib turibmiz. Hayotda halollikni, halol rizq topishni, mehnat bilan hamnafas bo‘lishni o‘ziga kasb qilib olgan inson hech qachon kam bo‘lmaydi.    

Muhtarama Komilova suhbatlashdi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitoblik onaxon yiliga 6-10 tonna anor yetishtirib, halol rizq topayotgan qishloq ayoli