Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan poytaxtimiz bo‘ylab kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda.

Ijodiy uchrashuvlarda fuqarolar bilan bugungi kundagi filmlar saviyasi, tomoshabinlarni qiziqtirgan mavzular haqida fikr almashilmoqda. Kelgusida suratga olinishi kutilayotgan filmlar mavzulari muhokama etilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan bir Uchtepa tumani Madaniyat uyida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Alisher Otaboyev, Zuhriddin Rejametov, rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, aktrisalar Mavjuda Murtazoyeva, Iroda Muhammadibrohimova ishtirokidagi kechada ijodkorlar fuqarolar qiziqtirgan savollariga javob berdi. Kino olamidagi faoliyati haqida so‘zlab berdi.

“Mahallada duv-duv gap”, “Mahallamizda yangi O‘zbekistonning yangi kinofilmlari” nomi ostidagi kino oyligi doirasida tashkil qilingan uchrashuv so‘ngida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ilhom Muhammadibrohimovning “Parvoz” badiiy filmi namoyish etildi.

Kinokartinada sevgi-muhabbat, do‘stlik va xiyonat mavzulari aks ettirilgan. Odamlar orasida yo‘qolib ketayotgan oqibat haqida gap boradi. Sof insoniy tuyg‘ular tarannum etiladi. 

Taniqli aktyorlar Nozim To‘laxo‘jayev, Javohir Zokirov, Shohrux Hamdamov, O‘lmas O‘rayev va boshqalar ijro etgan film tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

D.Mamatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kinoijodkorlar bilan jonli uchrashuvlar tashkil etilmoqda