Kino san’ati ijodiy birlashmasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
Poytaxtimizda kino san’ati ijodiy birlashmasining faoliyati bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili Hasan Solihov, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov, Kino san’ati ijodiy birlashmasi ijodiy rahbari Matyoqub Matchonov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Kino san’ati ijodiy birlashmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar, ijodiy loyihalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, kino san’atini yanada rivojlantirish, ijodkorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, sohada yangi loyihalarni amalga oshirish va ijodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Kino san’ati ijodiy birlashmasi faoliyatini takomillashtirish va istiqboldagi rejalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
N.Usmonova, O‘zA