Kim qimmat: Messi yoki Ronaldu? Mbappechi?
Sayyoramizda eng urf boʻlgan sport turi, shubhasiz, futbol.
Sayyoramizda eng urf boʻlgan sport turi, shubhasiz, futbol. Kimdir undan faqat zavq olsa, kimdir mablagʻ ishlab topadi.
Baʼzilar uchun esa futbol shunchaki hech narsa. Ammo bir jihat borki, hech kimni befarq qoldirmasligi tabiiy. Ha, hattoki, oʻrmonchini ham, fermer, traktorchi-yu oʻqituvchini ham oʻylantirib qoʻyguvchi narsa bu – NARX!
Istaysizmi yoki yoʻq, biron-bir tanishingiz falon futbolchi faloncha pul toparkan, oʻzining narxi esa buncha ekan deb soʻz boshlasa, to tugatguncha eshitasiz. Indamaygina. Chunki sizga nimasidir qiziq.
Demak, Germaniyaning transfermarkt.com portali taqdim etayotgan roʻyxat boʻyicha, dunyodagi eng qimmat 20 nafar futbolchilar reytingi quyidagicha.
1. Kilian Mbappe 19 yosh, (Fransiya, PSJ) 180 million yevro
2. Neymar 26 yosh, (Fransiya, PSJ) 180 million yevro
3. Lionel Messi 31 yosh, (Argentina, “Barseona”) 180 million yevro
4. Muhammad Saloh 26 yosh, (Misr, “Liverpul”) 150 million yevro
5. Harri Keyn 25 yosh, (Angliya, “Tottenhem”) 150 million yevro
6. Kevin de Bryuyne 27 yosh, (Belgiya, “Manchester Siti”) 150 million yevro
7. Eden Azar 27 yosh, (Belgiya, “Chelsi”) 150 million yevro
8. Antuan Grizmann 27 yosh, (Fransiya, “Atletiko”) 120 million yevro
9. Filippe Koutino 26 yosh, (Braziliya, “Barseona”) 120 million yevro
10. Paulo Dibala 24 yosh, (Argentina, “Yuventus”) 110 million yevro
11. Deli Alli 22 yosh, (Angliya, “Tottenhem”) 100 million yevro
12. Romelu Lukaku 25 yosh, (Belgiya, “Manchester Yunayted”) 100 million yevro
13. Krishtinu Ronaldu 33 yosh, (Portugaliya, “Yuventus”) 100 million yevro
14. Mauro Ikardi 25 yosh, (Argentina, “Inter”) 95 million yevro
15. Sergey Milinkovich-Savich 23 yosh, (Serbiya, “Latsio”) 90 million yevro
16. Leroy Sane 22 yosh, (Germaniya, “Manchester Siti”) 90 million yevro
17. Rahim Sterling 23 yosh, (Angliya, “Manchester Siti”) 90 million yevro
18. Pol Pogba 25 yosh, (Fransiya, “Manchester Yunayted”) 90 million yevro
19. Garet Beyl 29 yosh, (Uels, “Real Madrid”) 90 million yevro
20. Gabriyel Jezus 21 yosh, (Braziliya, “Manchester Siti”) 80 million yevro
Yuqoridagi summalarning umumiy miqdori: 2.415 milliard. Shunchaki, dahshat.
Ushbu reytingga kirgan futbolchilar orasida “Manchester Siti” peshqadamlik qilmoqda. “Shaharliklar” 4 nafar oʻyinchisi yigirmatalik roʻyxatdan oʻrin olgan.
Azaliy raqiblar “Barselona”dan 2, “Real”dan esa 1 nafar futbolchi joy olgan.
Eng qimmat yigirma nafar futbolchilar orasida 30 yoshdan oshgan futbolchilar soni ikkita – Messi (31) hamda Ronaldu (33).
Eng yoshi esa Kilian Mbappe boʻlib, fransiyalik yosh iqtidor egasining yoshi endigina 19 da!
Xullas, tanishingiz aytishi mumkin boʻlgan barcha gapni bizda oʻqib boʻldingiz.