O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida huquqiy sohada shakllangan munosabatlarning joriy holati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda hamkorlikni yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, kiberjinoyatchilik, terrorizm, iqtisodiy jinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish sohalarida o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida kelishuvga erishildi. 

Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muloqotning huquqiy sohada hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishiga yangi turtki bo‘lishiga ishonch bildirdi.

                                                         N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberjinoyatchilik, terrorizm, iqtisodiy jinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik rivojlanadi