Kengaşlar faoliyati sarhisob qilindi
Hozirgi vaqtda Orolböyida ÖzLiDeP şahar va tuman Kengaşlarining konferensiyalari bölib ötmoqda.
Beruniy tuman Kengaşining konferensiyasida partiyaning hisobot davridagi faoliyati sarhisob qilinib, aholi bilan işlaş, deputatlik nazoratini kuçaytiriş, boşlanğiç partiya taşkilotlari faolligini oşiriş hamda elektorat manfaatlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilgan işlar muhokama qilindi.
Tadbirda partiya faollari, deputatlar, boşlanğiç partiya taşkilotlari vakillari hamda turli soha vakillari iştirok etdi.

Qayd etilganidek, hisobot davrida partiya deputatlari tomonidan aholi murojaatlari bilan işlaş, joylardagi muammolarni örganiş va ularning yeçimiga kömaklaşiş borasida muayyan işlar amalga oşirildi. Sayyor qabullar, jamoatçilik eşituvlari va deputatlik sörovlari orqali fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etişga eʼtibor qaratildi. Şuningdek, “Xalq bilan birga” dasturi doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini rağbatlantiriş, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşirişga qaratilgan loyihalar amalga oşirildi.

Tadbir iştirokçilari tomonidan partiyaning yangi Siyosiy dasturi yuzasidan takliflar bildirilib, uning taşkiliy faoliyatini takomillaştiriş, jamiyatning turli qatlamlari bilan işlaşni kuçaytiriş, aholi murojaatlariga yeçim topişda deputatlar masʼuliyatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinib, ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi Konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri