Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor N.S.dan undiruvchi N.T. foydasiga 50 turdan ziyod mol-mulklarini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud. Kelin bo‘lganiga hali ikki yil ham bo‘lmagan N.T. oilasi bilan ajrashib, kelinlik sarpolarini olish maqsadini bir necha marta sobiq turmush o‘rtog‘iga bildirgan. Biroq sobiq turmush o‘rtog‘i kelinga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni berishni xohlamagan.

Shundan so‘ng, N.T. 50 turdan ziyod sarpolarini qonuniy olish maqsadida sudga murojaat qiladi.

Sudning ijro varaqasida kelinlik sarpolari olib berilishi to‘g‘risida qaror qilingan. Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi U.Mashhurov tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, N.T. foydasiga kelinlik sarpolari olib berilib, mazkur ijro hujjati amalda tamomlangan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelin seplari Majburiy ijro byurosi xodimlari yordamida olib berildi