MIB: kelinning mulklari qaytarildi
Hozirda yosh oilalarning baxt to‘yiga qizning qarindoshlari tomonidan to‘yona deb ko‘plab mol-mulk berish odat tusiga aylangan. Lekin yoshlar orasida ajrimlar ham kuzatilayotgan bo‘lib, kuyov tomon, qizga qo‘shib berilgan mol-mulklarni qaytarmay qolgan holatlari ham yo‘q emas.
Bunday holatda kelinning mulklarini qaytarish masalasi sud tartibida hal etilib, Byuro organlari tomonidan olib berilmoqda. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2026-yil 13-martdagi ijro hujjatiga asosan da’vogar A.Sh.ga javobgar X.Z.dan uning yashash manzilida turgan 71 atamadagi sep mol-mulkini olib berish belgilangan.
Bu bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan javobgarning yashash manziliga borilib, ko‘rsatilgan qarshiliklarga qaramasdan sep mol-mulklar da’vogar A.Sh.ga olib berildi va sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.