Joriy yilning 14 fevralida Koʼksaroy qarorgohida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yoshlari bilan oʼtkazilgan muloqotida yosh avlod vakillari bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish borasida soʼz yuritildi va bir qator takliflar tinglandi.

Quvonarlisi, samimiy muloqot jarayonida davlatimiz rahbari yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan uchta muhim hujjatni imzolagani aytildi. Shunga muvofiq, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʼarmasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablagʼ ajratildi. Qolaversa, oliygoh bitiruvchilari bandligini taʼminlash boʼyicha yangi tizim yaratilishi maʼlum qilindi. Buning uchun Milliy bankka 100 million dollar resurs berilishi, bank respublika Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bitiruvchilarning tashabbus-gʼoyalarini loyihaga aylantirish boʼyicha yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etishi taʼkidlandi.  

Buning natijasida oliy taʼlim muassasalari va tijorat banklari hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturini amalga tatbiq etishga kirishildi. Prezidentimizning “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʼmaklashish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga koʼra, oliy oʼquv yurtlarida “Kelajakka qadam” markazlari tashkil etildi.  

Namangan davlat universitetida ham Oʼzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” viloyat filiali bilan hamkorlikda “Kelajakka qadam” markazi faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Mazkur markazning asosiy vazifasi bitiruvchilar va quyi bosqich talabalarining gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlash, ularda biznes koʼnikmalarini shakllantirish, buning uchun oʼquv-treninglarni oʼtkazish, tayyor loyihalarni moliyalashtirish uchun bankning hududiy filialiga yoʼnaltirishdan iborat.

– Loyiha doirasida respublika va viloyatdagi nufuzli ish beruvchi korxona va tashkilotlar oʼzlariga zarur kadrlarga boʼlgan ehtiyojni platformaga joylashtiradi. Ushbu platforma orqali bitiruvchilar va yuqori bosqich talabalari oʼzlariga maqbul boʼlgan boʼsh ish oʼrinlari va ish beruvchilarning takliflaridan xabardor boʼlish imkoniyatiga ega boʼladi. Аjratilgan 20 million dollar mablagʼ esa bitiruvchilarning ishga joylashgungacha boʼlgan davrida, amaliyot oʼtash va ishga moslashuv oylarida ularni moddiy qoʼllab-quvvatlash uchun katta manba vazifasini oʼtaydi. Аlbatta, bu bitiruvchilar bandligini taʼminlashda koʼmak beradi va ijtimoiy himoya vazifasini ham bajaradi. Koʼzda tutilgan loyihalarimiz boʼyicha bir qator seminarlarni tashkil etib, ularga professor-oʼqituvchilar, shuningdek, sohaga tegishli korxona-tashkilotlarning tajribali mutaxassislari jalb etilgan, – deydi Namangan davlat universiteti prorektori Dilshodbek Xolmatov.

Trenerlar oʼquv-seminarlar davomida talabalarga gʼoya asosida biznes reja tuzish, uni tayyor loyihagacha olib borish shartlari, loyihalarni qulay shartlarda moliyalashtirish haqida toʼliq tushuncha bermoqda. Shuningdek, yoshlar oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari oʼrtasida sohalar boʼyicha ochiq tanlovlar oʼtkazish va gʼoliblarni ish bilan taʼminlashga koʼmaklashish boʼyicha maʼlumotlarga ega boʼladi. Namangan davlat universitetida shu kungacha ushbu seminar-treninglarga 3 mingdan ziyod talabalar jalb etildi.

Eʼtiborlisi shundaki, komissiya tomonidan kelajakda oʼz biznesini yoʼlga qoʼyish niyatidagi talabalarning 100 dan ziyod loyihasi moliyalashtirishga loyiq, deb topildi. Naslli qoramolchilik, marketing, xizmat koʼrsatish yoʼnalishlari, issiqxona, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va oʼquv markazlarini tashkil etish boʼyicha yuborilgan loyihalar yoshlarning tadbirkorlikka qiziqishi baland ekanidan dalolat beradi.

– Meni mutaxassislik diplomini qoʼlga olgach, qaerda ishlayman, degan savol qiynayotgan edi, – deydi NamDU talabasi Sanjarbek Musulmonqulov. – Bunga “Kelajakka qadam” dasturi orqali aniq yechim topdim. Bu biznes gʼoyalarimizni loyihaga aylantirib, uni qanday amalga oshirish yoʼllarini ham koʼrsatib bermoqda. Bu dastur biz yoshlarning yangi startaplari, yangi bizneslariga keng yoʼl ochmoqda. Maqsadim – yurtimizga tashrif buyurgan turistlarga sifatli xizmat koʼrsatish va yuqori darajadagi qulayliklarni yaratish. Shu maqsadda mehmonxonalarda catering xizmatini yoʼlga qoʼyishni rejalashtirganman. Bu biznesni boshlashda bank tomonidan bitiruvchi talabalarga ajratilgan kreditdan unumli foydalanishni reja qildim.

Bir soʼz bilan aytganda, “Kelajakka qadam” dasturi yoshlar kelajagini mustahkamlash, ularni kasbga yoʼnaltirish va oʼz biznesini boshlashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Oʼziga xos gʼoyalarga ega yoshlarning rejalarini roʼyobga chiqarish va bitiruvchilarni kafolatlangan ish oʼrni bilan taʼminlash barobarida mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy sektorning oʼrnini ham kuchaytiradi.

Oqilxon Dadaboev, OʼzА

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajakka qadam”: bitiruvchilarning loyihalari qoʼllab-quvvatlanadi