Surxondaryo viloyatida tashkilot, korxona va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalarining hisobot-saylov konferensiyalari bo‘lib o‘tmoqda.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining 2020 yil iyuldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan anjumanida filial, tuman, shahar bo‘limlari va sexlardagi kasaba uyushmalaridan saylangan delegatlar, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi mas’ullari ishtirok etdi.

Konferensiyada “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Alijon Qobilov va kasaba uyushmasi taftish komissiyasining hisobotlari tinglanib, muhokama etildi.

Qayd etildiki, hisobot davrida kasaba uyushmasi nizomda belgilangan qoidalar asosida faoliyat yuritib, sezilarli natijalarga erishdi. Jumladan, mehnatga haq to‘lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishi, jamoa shartnomalari tuzilishi va ularning bajarilishi, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatildi. Xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Ishchi-xodimlar, ayniqsa, yoshlarni mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda ish beruvchi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlari sifat jihatdan yaxshilanib, ishchilarning bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanishiga qulay sharoitlar yaratilmoqda. Kasaba uyushmasi a’zolari va ular oila a’zolarini sog‘lomlashtirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilyapti.  

Konferensiyada kasaba uyushmasining hisobot davrida erishgan yutuqlari alohida e’tirof etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratildi. Kelgusida ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yanada kuchli himoya qilishga ahamiyat berish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.  

Anjumanda O‘zbekiston kasaba uyushmalarida joriy etilgan yangi saylov tizimiga muvofiq boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining yangi organlari ham saylab olindi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasaba uyushmalari: tashkilot raislari yangi tizim asosida saylanmoqda (+video)