Kapello Angliyaning yirik turnirlardagi xatolarini ochib berdi
Sobiq murabbiy Fabio Kapello Angliya terma jamoasining yirik turnirlardagi muammolariga to‘xtalib o‘tdi.
«Har doim bir xil holat: Angliya jahon chempionatiga charchagan holda yetib keladi va ko‘zlarida qo‘rquv bilan o‘ynaydi.
Yodimda, ular Italiyaga qarshi uchrashuvning 10 yoki 15-daqiqasidayoq hisobda oldinga chiqib olishgan edi. Biroq o‘sha lahzadan boshlab jamoa uzun uzatmalarga tayanib o‘ynashga o‘tib oldi. Ular qo‘rqishayotgan edi. Angliyaning muammosi mana shunda.
Qo‘rquv va charchoq — murabbiy hal qilishi kerak bo‘lgan asosiy masalalar aynan shulardir», — dedi Kapello.