Kanada - O‘zbekiston: mundial oldidan jiddiy sinov (+video)
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ertaga tongda Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bilamiz, Kanada futboli ancha rivojlangan va Jahon chempionatini o‘zida qabul qilayotgan mamlakatlardan biri sanaladi.
Mahalliy aholi orasida Kanada - O‘zbekiston uchrashuvga qiziqish juda katta. Mazkur o‘yin mundial oldidan ular uchun ham so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Mahalliy tashkiliy qo‘mitaning xabariga ko‘ra, ertangi o‘yinga 50 mingdan ortiq chipta sotilgan
Kanada va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini ertaga 2-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:00 da Edmonton shahridagi “Kommonveyls” stadionida start oladi.
O‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulotni O‘zA “You Tube” sahifasida tomosha qiling.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kSH2HlLP60I" title="Kanada - O’zbekiston: o’yinga kam vaqt qoldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, O‘zA