Toshkent shahrida davom etayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining 16-uchrashuvi qizg‘in voqealarga boy kechyapti.

An’anaga muvofiq, ko‘plab nufuzli xorijiy mehmonlar qatori tashkilotga a’zo mamlakatlardan OAV vakillari ham tadbirni yoritish uchun yurtimizga kelgan.

Ozarbayjondagi “Real TV” telekanali muxbiri Kamron Gasimov taassurotlari haqida O‘zAga qisqacha intervyu berdi:

– Bugungi kunda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti dunyoda o‘z nufuziga, ovoziga ega bo‘lib bormoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, Toshkent sammitida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari bildirgan fikrlar, ilgari surilgan takliflarda o‘ziga xos yakdillikni kuzatish mumkin. Jumladan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham anjumanda dolzarb masalalar yuzasidan o‘z qarashlarini bayon etdi. Xususan, logistika masalasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish, tovar ayirboshlash miqdorini oshirib borish, investitsiya muhitini yaxshilash masalalariga alohida urg‘u berdi. O‘ylaymanki, Toshkent sammitidan so‘ng IHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yanada ravnaq topadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-HCHhsk_lyY" title="Камрон Гасимов: ИҲТ ўзига хос нуфузга, овозга эга" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘.Alimov, N.Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamron Gasimov: IHT o‘ziga xos nufuzga, ovozga ega (+video)