Kamilla Rahimova Fransiyadagi yurishini g‘alaba bilan boshladi
Fransiyaning Ruan shahrida tennis bo‘yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi “Open de Rouen” turnirining asosiy to‘r bellashuvlari start oldi. Ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini ikki tennischimiz Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeyeva himoya qilmoqda.
Mazkur musobaqaning birinchi davrasida O‘zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimov AQSH vakili Elvina Kaliyevani 6:3, 7:6 hisobida taslim etdi va ikkinchi bosqichda yana bir boshqa amerikalik Ann Liga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Mariya Timofeyeva mukofot jamg‘armasi 283 ming 347 AQSH dollarni tashkil etuvchi “Open de Rouen” turnirining ilk davrasida britaniyalik Keti Bulterga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA