Kamilla Rahimova ikkinchi davraga yo‘l oldi
Uimbldon turnirida Kamilla Rahimovani jiddiy raqib kutmoqda.
Angliyaning London shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha nufuzli Uimbldon turnirini hamyurtimiz Kamilla Rahimova g‘alaba bilan boshladi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova ilk bosqichda ukrainalik Angelina Kalininaga qarshi bahs olib bordi va 4:6, 6:4, 7:5 hisobida g‘alaba qozongan holda ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.
Endi tennischimiz “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida gretsiyalik Mariya Sakkari bilan raqobatlashadi. Ushbu uchrashuv 1-iyul kuni soat 17:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA