Tailand-Kambodja chegarasining Kambodja tomonida joylashgan kazino-mehmonxonada yong‘in yuz berishi natijasida kamida o‘n kishi halok bo‘lgan, 30 dan ziyod kishi jarohat oldi, deb yozmoqda Phnom Penh Post gazetasi.

Tailandliklar ko‘p keladigan Grand Diamond City Casino kazino-mehmonxonasida payshanba kuni tunda yong‘in kelib chiqqan va haligacha o‘chirilmadi, deb xabar bermoqda mazkur nashr mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib.  

"Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 10 kishiga yetdi, yana 30 dan ziyod kishi jarohat olgan. Jabrlanganlar Tailandning Aranyapratxet shahri kasalxonasiga yetkazilgan.

Qurbonlarning aksariyati kazino ishchilari", - deyiladi mahalliy hukumatning nashrga bergan ma’lumotida.  

Xabarda keltirilishicha, falokat yuz bergan paytda kazino-mehmonxonasida 400 dan ziyod kishi bo‘lgan.  

Kambodja favqulodda vaziyatlar milliy qo‘mitasi vitse-prezidenti Kun Kimning ma’lum qilishicha, bir guruh odamlar yonayotgan bino ichidan chiqa olmayotgani uchun voqea joyiga qutqaruvchilar va vertolyotlar jo‘natilgan.  

Yong‘in sababi hozircha ma’lum emas, deyiladi xabarda.  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambodjada kazinoda yuz bergan yong‘in o‘n kishining hayotiga zomin bo‘ldi