2026-yil uçun eng maşhur öronlar eʼlon qilindi
Ketma-ket “123456” va “12345678”" raqamlari, şuningdek “admin” (“administrator”) sözidan iborat belgi 2026-yil dunyo böylab eng maşhur öronga aylandi. “NordPass” kiber xavfsizlik kompaniyasi tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, ayniqsa “123456” sönggi sakkiz yil içida yettinçi bor eʼtirof etilgan.
Eng köp işlatiladigan 200 öron örganib çiqilgan izlaniş natijasiga köra, sayyoramizda eng maşhur belgi 1 dan 6 gaça ketma-ket keladigan raqamlar yiğindisi bölib, 7,2 million martadan köproq işlatilgan.
Ikkinçi örinda qariyb 4,5 million marta foydalanilgan “admin” sözi va uçinçi örinda uç million martadan köp tanlangan 1 dan 8 gaça raqamlar ketma-ketligidir. Qiziği şundaki, öronlarning aksarida raqamlar iştirok etgan. “öron”, yaʼni inglizça “password” 7-örinni egallagan.
Tadqiqot 44 mamlakatda ötkazilib, 2025-yil sentabridan 2026-yil sentabrigaça bölgan davrda qoronği tarmoq maʼlumot zaxirasi va ommaviy maʼlumot sizib çiqişini örgandi.
S.Rahimov, ÖzA