Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab davlatimiz rahbarining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tizimli ishlar qilinmoqda.
Xususan, kam ta’minlangan oilalar ahvoli yaxshilanib, ularning bandligi ta’minlanmoqda. Kredit ajratish hamda sog‘ligini tiklash borasidagi muammolari hal etilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani G‘alaba mahallasida yashovchi Gavhar Mahammadiyeva ham “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi imkoniyatlaridan foydalangan holda hozirda tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
U imtiyozli kredit asosida tikuv mashinalari xarid qilib, mahalladagi 4 nafar xotin-qizning ham bandligini ta’minlab kelmoqda.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/hdGnIHxrCSU" title="“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi aholi farovonligini oshirmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, O‘zA