Farmon va ijro

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan izchil siyosat natijasida kambag‘allikni qisqartirishga alohida e’tibor qaratilib, mehnat bozorini isloh qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, odamlarning turmush sharoitini yaxshilash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Namangan viloyatida aholi turmush sharoitini yaxshilash, kichik biznesni rivojlantirish, kam ta’minlangan oilalarni farovonligini yaxshilash, daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Aholiga ijaraga berilgan ekin yerlarida eksportbop meva va sabzavotlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat banklari hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari tomonidan “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida jami 809 gektar maydonda 76 ta namunali loyihani amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shundan o‘tgan yil hisobidan 32 konturda 362 gektar maydonda loyihalar bajarilgan. 

Hozirga qadar yer maydonlarida kartoshka, qovun, tarvuz, makkajo‘xori, pomidor, kungaboqar, piyoz, mosh, loviya, bulg‘or qalampiri singari meva-sabzavot yetishtirish natijasida, 5 ming 400 dan ziyod fuqarolarning kooperatsiya asosida bandligi ta’minlandi.

Masalan, To‘raqo‘rg‘on tumani Qodirobod mahallasida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining amaliy ko‘magida 95 nafar fuqaro tomonidan ijara asosida ajratilgan 10 gektar yer maydonida yuqori daromadli qulupnay mahsuloti ekildi.

Bir mavsumda mavjud yer maydonidan ikki marta hosil olish hisobiga 160 tonna yalpi hosil yetishtirish rejalashtirilgan. Jami daromad esa 2 milliard 88 million so‘mga yetishi kutilmoqda. Shunda har bir kishiga o‘rtacha sof daromad 27,4 million so‘mga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Norin tumani Pastki Cho‘ja mahallasida “Agrobank” bilan birgalikda 40 nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratilib, 10 gektar maydonda birinchi ekinga yuqori daromadli “arizona” navli kartoshka ekilgan bo‘lsa, takroriy ekinga esa makkajo‘xori ekish rejalashtirilgan. Bunda 400 tonna kartoshka hosil olish hisobiga jami 1,4 milliard daromad ko‘rish rejalashtirilgan.

Aholini farovonligini oshirish borasida Namangan tumani viloyatda qolgan hududlarga namuna bo‘layotgan tuman ekanligi tahsinga molik. Qayd etish joizki, dasturni bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan kam ta’minlangan tumandagi 470 oila viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarning 95 nafar rahbariga biriktirilgan. Mas’ul mutasaddilar esa barcha oila vakillari bilan uchrashgan holda, ularning muammolari o‘rganilmoqda. 

 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan Energetika vazirligi Namangan tumaniga biriktirilgan bo‘lib, tumandagi og‘ir toifadagi mahalla tanlab olingan. Ushbu hududlarda 18 milliard so‘mlik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali kambag‘allikdan chiqarish choralari belgilangan. Vakil tomonidan tanlab olingan mahallalardagi 20 xonadonga tikuv dastgohlari, 10 xonadonga quyosh panellari o‘rnatildi va 10 xonadonga sihatgohlarga yo‘llanmalar berildi.

“Sayxunobod” tajribasi asosida Namangan tumanida mikroloyihalarni amalga oshirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Joriy yil davomida, har bir mahalladan 40 tadan jami 4 ming 600 ish o‘rinli 2 ming 120 mikroloyiha hayotga tatbiq etilmoqda.

Masalan, “Asadbek g‘isht sanoati” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan qayta ishlash korxonasi muzlatgichli ombor, mahsulotlarni quritish uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, o‘ziga yaqin bo‘lgan Saxovat, Namuna, Qo‘shchinor, Navro‘z, Ravnaq, Qo‘qon qishloq, Urganji, Beshkapa kabi mahallalar biriktirib chiqildi. Endilikda tomorqadan foydalanmagan fuqaroni yer solig‘ini uch baravarga oshirish, tomorqasidan samarali foydalanib yaxshi daromad olgan fuqaroni yer solig‘i ikki barobar kamaytiriladi.

 Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bugungi kunda ishsizlar soni 3 ming 600 nafar bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etmoqda. Hisob kitoblarga ko‘ra, yil yakunlari bilan ishsizlik darajasini 4,1 foizga tushirish rejalashtirilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi samara bermoqda