Farg‘onada kadastr xodimi 10 sotix yerni ajratib berish uchun 1000 AQSh dollari talab qilganligi fosh bo‘ldi.

Abrorjon – yosh mutaxassis. Endi 30 yoshga to‘ldi. O‘z sohasini yaxshi biladi. Unga Uchko‘prik tumani Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i lavozimi ishonib topshirildi. 
Ammo u o‘z hamkasblarining ishonchini oqlamadi. Fuqaro M. ismli shaxs nomiga 1991 yil 4 sentabrda sobiq Leningrad rayon kengashi tomonidan chiqarilgan qarorga asosan berilmay qolgan 0.10 ga yer maydonini 1000 AQSh dollari evaziga ajratib berishini aytdi. Shundan so‘ng 2019 yil 16 aprel kuni M. ismli shaxsni aldab, xizmat mavqeidan foydalanib, undan 100 AQSh dollari oladi. 
2-3 kun o‘tib, jabrlanuvchi M. ismli shaxs bergan 100 AQSh dollarini qaytarishni talab qildi. Firibgar olgan pora pulini qaytarib berdi. Shu jarayonda tuman prokuraturasi va departament xodimlari mazkur “operatsiya”ni barbod qilishdi, jinoyatchi qo‘lga tushdi. 
Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudida ko‘rib chiqildi. 
Sud muhokamasidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishi moddalari asosida adolatli hukm chiqarildi. 
Firibgarlik ko‘chasiga qadam qo‘ygan kadastr xodimi endi mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlamay, oylik ish haqining 20 foizini davlat hisobiga o‘tkazish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilinib, maxsus nazorat ostida mehnat qiladigan bo‘ldi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr xodimi 10 sotix yer uchun 1000 AQSh dollari talab qilgan
Жамият
09:53 / 05:09:2019