Xadichaxon Karimovaning yoshini aytmaylik. Ammo u Qo‘shtepa tumani hokimligi muassisligidagi “Istiqbol yo‘li” gazetasida 52 yildan buyon ishlaydi. Shundan 28 yilida gazetaga muharrirlik qildi. Tuman, viloyatdagi jiddiy masalalar, mavzularni bot-bot ko‘tarib chiqdi. Yechimiga yetmaguncha ne-ne idoralar eshigini qoqdi.

Ko‘shtepada uni hamma taniydi, hurmat qiladi. Davlat ham xizmatlarini qadrladi. Prezident farmoni bilan u “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlandi.

[gallery-22638]

Mana endi o‘nlab shogirdlar yetishtirgan, qator kitoblar muallifi, qalami o‘tkir jurnalist va murabbiy Xadichaxon Karimova nafaqaga chiqdi.

Shu munosabat bilan Qo‘shtepada ehtirom davrasi uyushtirildi. Farg‘ona viloyati hokimining farmoyishiga ko‘ra, Xadichaxon Karimova “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. Uni viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov tantanali ravishda topshirdi. Shundan so‘ng yana ko‘p tabriklar bo‘ldi. Tuman, viloyat idoralari vakillari, shogirdlari, hamkasblari, eng muhimi, gazetaning sadoqatli o‘quvchilari Hadichaxon Karimova ijodi va faoliyatini o‘zgalarga ibrat bo‘lguchi hayot deb atadilar.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JOpAuk8l5hg" title="Jurnalistning ibratli hayot yoʻli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistning ibratli hayot yo‘li (+video)