Qonunchilik palatasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2025 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ham ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, jahonda xalqaro savdodagi murakkab vaziyatlarga qaramasdan yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 foiz, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6,5 foiz, bozor xizmatlari 12,6 foiz, qurilish ishlari 10,8 foiz va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish 3,8 foizga oshgani mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sish jarayonlari davom etayotganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, hisobot davrida davlat byudjeti daromadlari 104,5 foizga bajarilgani hamda xarajatlar bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 92 foizni tashkil qilgani byudjet barqarorligi ta’minlanayotganidan dalolat bermoqda.
Hisobot davrida byudjetdan ijtimoiy xarajatlar uchun 39,9 trillion so‘m yoki 2024 yilning mos davriga nisbatan qariyb 6 trillion so‘mga ko‘p mablag‘ ajratilgan. Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini moliyalashtirish uchun xarajatlar avvalgi yillarga nisbatan to‘liq moliyalashtirilganligiga ahamiyat qaratildi.
[gallery-23739]
Mahalliy byudjetlar daromadlari esa prognozga nisbatan 110 foizni tashkil etgani qayd etildi.
M.Komilova, O‘zA