Jizzaxda kambağallikni qisqartiriş böyiça çoralar belgilandi
Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda viloyatda kambağallikni qisqartiriş natijalari atrofliça muhokama qilindi. Unda aholi daromadini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va ijtimoiy kömakni manzilli taşkil etiş masalalari körib çiqildi.
Dastlab, xonadonbay xatlov natijalari tahlil qilindi. Hokim yordamçilari 278 mingta xonadondagi 1,1 million nafar aholining daromad manbalarini örgandi. Biroq belgilangan reja 72,5 foizga bajarilgan, xolos. Xususan, Döstlik, Paxtakor, Foriş, Baxmal va Arnasoy tumanlarida xatlov körsatkiçi 70 foizga ham yetmagan.
Beşta toifaga kiruvçi 143,1 ming nafar aholidan faqat 41 ming nafariga yordam körsatilgan. 45 ta mahallada uşbu körsatkiç 15 foizdan pastligiça qolgan. Jizzax şahridagi "Sangzor" mahalla fuqarolar yiğinida ehtiyoji aniqlangan 831 nafar fuqaroning atigi 66 nafariga kömak berilgan. 23 ta mahallada esa aholini tadbirkorlikka jalb etiş böyiça birorta iş qilinmagan.
Bu raqamlar mahallalardagi manzilli işlarni kuçaytiriş zarurligini körsatadi. Zero, ehtiyojmand oilani aniqlaş bilan vazifa tugamaydi. Uning daromadini oşirişga xizmat qiladigan amaliy yeçim topilişi şart.

Viloyat hokimi har bir oilaning ehtiyojini aniqlaş bilan çeklanmasdan, asosiy eʼtiborni ularning daromadini oşiriş va turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratiş lozimligini taʼkidladi.
Ijtimoiy jamğarmalar mablağlaridan foydalanişdagi kamçiliklar ham tanqid qilindi. "Yoşlar daftari"da 12,1 milliard, "Ayollar daftari"da 6,2 milliard söm özlaştirilmay qolgan. "Saxovat va kömak" jamğarmasidagi 11,6 milliard söm mablağ ham işlatilmagan.
Jumladan, Zominda yoşlar uçun ajratilgan 2,2 milliard sömdan samarali foydalanilmagan. Jizzax şahrida xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş uçun ajratilgan 600 million sömdan ortiq mablağ böyiça ham natijadorlik talabga javob bermagan.
Holbuki, uşbu mablağlar odamlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kerak. Hokimning taʼkidlaşiça, ajratilgan mablağlar qoğozda qolmasligi kerak. Har bir söm aholi farovonligiga xizmat qilişi şart.
Bandlik yönalişida sentabr oyida 4 mingta doimiy iş örni yaratilgan. Reja 100,2 foizga bajarilgan. Norasmiy bandlikni qisqartiriş orqali 6,3 mingta iş örni rasmiylaştirilgan. Bu körsatkiç 118 foizni taşkil etgan. Biroq Arnasoy, Foriş va Döstlik tumanlarida natijalar pastligiça qolmoqda.

Sentyabr-oktabr oylarida kambağal oilalar daromadini oşiriş maqsadida 5,3 mingta xizmat körsatilgan. Reja 100,4 foizga bajarilgan. Şunga qaramay, 150 ta mahallada belgilangan vazifalar amalga oşirilmagan.
Ğallaorol tumanidagi "Tozauruğ" MFYda 295 nafar ehtiyojmand fuqaro bilan manzilli işlar taşkil etilmagan. Natijada reja atigi 27 foizga bajarilgan. Zomindagi "Mustaqillik" MFYda ham 5 milliard söm ajratilganiga qaramay, işlar talab darajasida emas.
Şarof Raşidov tumanidagi "Uskunalar markazi" faoliyatida ham foydalanilmagan imkoniyatlar köpligi qayd etildi. Markaz orqali hozirgaça atigi 125 ta şartnoma imzolangan. Vaholanki, ayrim mahallalarda uskuna xarid qiliş istagidagi talabgorlar önlab topiladi.
Şu bois har bir mahallada kamida 10 ta xonadonda kiçik işlab çiqarişni yölga qöyiş vazifasi belgilandi. Bu orqali aholi bandligini taʼminlaş va oilalar daromadini köpaytiriş közda tutilgan.
Quriliş dasturlari ijrosidagi keçikişlar ham eʼtibordan çetda qolmadi. 553 milliard söm ajratilgan 266 ta obʼektning 146 tasida işlar yakunlangan. Qolgan 120 ta obʼekt foydalanişga topşirilmagan. Ayniqsa, Paxtakor va Yangiobod tumanlaridagi holat tanqid qilindi. Mazkur hududlarda «Suvqurilişinvest» buyurtmaçiligidagi ayrim obʼektlarda quriliş işlari töxtab qolgan.

Bugungi kunda aholi bandligini taʼminlaşning huquqiy va taşkiliy mexanizmlari ham takomillaştirilmoqda. Xususan, 2026-yil 29-sentabrda Vazirlar Mahkamasining 522-sonli "Özbekiston Respublikasida aholi bandligi va işsizlik hisobini yuritişni takomillaştiriş töğrisida"gi qarori qabul qilindi.
Uşbu hujjat mehnat resurslari balansini şakllantiriş, işsizlikni hisoblaş va norasmiy band aholining manzilli röyxatini yuritiş tartiblarini belgilaydi. Şuningdek, maʼlumotlarni raqamli platformalar orqali şakllantiriş mexanizmlarini nazarda tutadi.
Yiğiliş yakunida masʼullarga kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça aniq topşiriqlar berildi. Xonadonlar xatlovini yakunlaş, ijtimoiy jamğarmalar mablağlarini maqsadli özlaştiriş vazifasi qöyildi.
Işsiz aholini mavjud 4,8 mingta böş iş örniga joylaştiriş ham topşirildi. 80 milliard sömlik imtiyozli kreditlarni kambağal oilalar loyihalariga yönaltiriş belgilandi. Foydalanişga topşirilmagan 120 ta obʼektdagi quriliş işlarini 15 kun içida yakunlaş vazifasi yuklatildi.

Uluğbek Mustafoyev "Hisobotlardagi raqamlar emas, odamlar hayotidagi özgarişlar asosiy mezon bölişi kerak. Har bir rahbar topşiriqlar ijrosi uçun şaxsan javob beradi!", deya taʼkidladi.
Darhaqiqat, kambağallikni qisqartiriş faqat rejalar va hisobotlar bilan ölçanmaydi. Bu jarayon har bir xonadondagi daromad, iş bilan bandlik va turmuş şaroitidagi özgarişlarda namoyon böladi. Eng muhimi, belgilangan vazifalar qoğozda emas, hayotda öz ifodasini topişi lozim.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri