Jizzaxda gaz tarmoqlari yangilanib, taʼminot ustidan nazorat kuçaytirilmoqda
Jizzax viloyatida 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi va ijtimoiy soha obʼektlarini tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaş, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qiliş va taqsimot jarayonlarida şaffoflikni oşiriş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda viloyatda 321 mingdan ortiq isteʼmolçiga qariyb 6 ming kilometrlik gaz quvurlari, minglab gaz taqsimlaş punktlari hamda maişiy gaz ballonlari orqali xizmat körsatilmoqda.
Mavsumga tayyorgarlik doirasida 78 ta obʼektda 64,8 kilometr gaz quvuri rekonstruksiya qilinib, 132,5 kilometr tarmoq tartibga keltirildi. Natijada 57 ta mahalladagi 53 mingdan ziyod isteʼmolçining gaz taʼminoti sezilarli darajada yaxşilandi.
Bu boradagi amaliy işlar Şarof Raşidov tumanida ham izçil davom ettirilmoqda. Xususan, hududda 6,5 kilometr gaz quvuri yangilandi. “Kuyovboşi” va “Yangidiyor” mahalla fuqarolar yiğinlari hududidan ötgan diametri 219 va 159 millimetr bölgan tabiiy gaz quvurlari töliq texnik taʼmirlanib, ularning taşqi körinişini tartibga keltiriş işlari olib borilmoqda.
— Kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş va isteʼmolçilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlaş asosiy vazifamizdir, - deydi «Şarof Raşidov tumangaz» gaz taʼminoti bölimi boşliği Erkin Samandarov. — Bu borada nafaqat tabiiy gaz tarmoqlarini soz holatga keltiriş, balki suyultirilgan gaz yetkazib beriş tizimida ham qatʼiy tartib va şaffoflikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Viloyat böyiça oktabr–mart oylarida 194 ta mahalladagi 131 mingdan ortiq xonadonga, jumladan, olis va boriş qiyin bölgan 13 ta mahallaga jami 11 ming 368 tonna suyultirilgan gazni 40–45 kunlik davriylikda yetkazib beriş belgilangan. Şuningdek, yuzaga kelişi mumkin bölgan texnik nosozliklarni tezkor bartaraf etiş maqsadida 14 ta avariya-tiklaş brigadasi tunu kun navbatçilik qiliş uçun şay holatga keltirildi.
Suyultirilgan gaz taqsimotida suiisteʼmolçilik va ortiqça ovoragarçiliklarning oldini oliş maqsadida «Hududgaz Jizzax» gaz taʼminoti filiali hamda viloyat IIB huzuridagi Qöriqlaş xizmati xodimlari hamkorligida nazorat kuçaytirildi.
Xususan, «Ğallaorol» gaz töldiriş şoxobçasida maişiy gaz ballonlarini töldiriş va tarqatiş jarayonlari doimiy kuzatuvga olingan. Qöriqlaş xizmati xodimlarining jalb etilişi gaz ballonlarining belgilangan tartibda bevosita isteʼmolçilarga yetkazilişini nazorat qiliş, taqsimotda şaffoflikni taʼminlaş va ehtimoliy qonunbuzarliklarning oldini olişga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, joriy yilda viloyatda aholining suyultirilgan gazga bölgan ehtiyojini qondiriş va taʼminot imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida qöşimça 3 ming 655 dona maişiy gaz balloni hamda mahsulotni yetkazib beriş uçun 2 ta yangi maxsus transport vositasi xarid qilindi.
[gallery-32655]
Amalga oşirilayotgan mazkur çora-tadbirlar aholi murojaatlarini öz vaqtida hal etiş, gaz taʼminotida uzilişlarning oldini oliş, taqsimot jarayonlarida oçiqlik va nazoratni kuçaytiriş hamda kuz-qiş mavsumini barqaror ötkazişga qaratilgan.
Jamşid YORBEKOV (surat), ÖzA