Gender tengligi: Özbekiston "past"dan "qoniqarli"ga ötdi
Mamlakatimizda gender tengligini taʼminlaş borasidagi körsatkiçlar yaxşilanib bormoqda. "Equal Measures 2030" xalqaro taşkiloti tomonidan eʼlon qilingan 2026-yilgi Gender tengligi indeksida 130 ta davlat orasida Özbekiston 70-örinni egalladi.
Indeks maʼlumotlariga köra, Özbekistonning gender tengligi böyiça körsatkiçi 2020-yildagi 64,7 balldan 2025-yilda 68,5 ballga kötarilgan. Şu tariqa, mamlakat 3,8 ballik ösişga erişib, “past” natijalar toifasidan “qoniqarli” natijalar toifasiga ötgan.
Indeksda Özbekistonning ayrim yönalişlar böyiça körsatkiçlari quyidagiça qayd etilgan:
Salomatlik va reproduktiv huquqlar — 85,5 ball. Mamlakat jahon böyiça 26-örinni, Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida esa 1-örinni egallagan.
Xavfsizlik — 73,1 ball. Uşbu yönalişda Özbekiston Markaziy Osiyoda yuqori körsatkiç qayd etgan.
Gender tengligini taʼminlovçi şart-şaroitlar — 83,8 ball. Bu natija jahon miqyosida 25-öringa töğri keladi. Taqqoslaş uçun, dunyo böyiça gender tengligi indeksining örtaça körsatkiçi 69 ballni taşkil etgan. Özbekistonning 68,5 ballik natijasi esa global örtaça körsatkiçga yaqinlaşganini körsatadi.
Şuningdek, umumiy indeks natijalari böyiça Özbekiston Rossiya, Ozarbayjon va Tojikistondan yuqori körsatkiç qayd etgan. Mazkur natijalar gender tengligini taʼminlaş, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş hamda jamiyatda teng şaroitlar yaratiş borasidagi özgarişlarni baholaşda muhim körsatkiçlardan biri hisoblanadi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş lozimki, 2030-yilga qadar Özbekiston Respublikasida gender tenglikka erişiş strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyaning asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini taʼminlaşdan iborat.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA