Jizzax viloyati hokimi biznes xatlovidagi rasmiyatçilikni tanqid qildi
Jizzaxda biznesni röyxatga oliş jarayonidagi kamçiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Viloyatda qamrab oliş darajasi 60,9 foizni taşkil etgan. Kiritilgan maʼlumotlarning 26,4 foizi xatoliklar bilan rasmiylaştirilgan. Viloyat hokimi masʼullarga xatolarni bartaraf etiş va jarayonni tezlaştiriş vazifasini topşirdi.
Jizzax viloyatida biznesni röyxatga oliş tadbiri doirasida ötkazilgan dastlabki tahlillar jarayonda qator jiddiy kamçiliklar mavjudligini körsatdi. Jumladan, röyxatga olingan maʼlumotlarning 26,4 foizi xatoliklar bilan kiritilgan. Şuningdek, qamrov darajasi pastligi va maʼlumotlar sifati belgilangan talablarga javob bermasligi rasmiy statistika maʼlumotlarining işonçliligiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Prezidentimizning 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmoni asosida mamlakatimizda 15-oktabrdan 30-noyabrga qadar biznesni röyxatga oliş tadbiri ötkazilmoqda.
Tadbirdan közlangan asosiy maqsad barça iqtisodiy birliklarni töliq xatlovdan ötkaziş, tadbirkorlik subʼektlarining soni va tarkibini aniqlaştiriş, ularning faoliyat yönalişlari hamda iqtisodiy holati böyiça işonçli maʼlumotlar bazasini şakllantirişdan iborat.

Jizzax viloyati hokimi, jarayonni samarali taşkil etiş maqsadida masʼullar doirasini ham kengaytirdi. Dastlabki vakolatlardan taşqari, "mahalla yettiligi" vakillari ham jalb qilindi. Ammo bu özgarişlar hududlarda kutilgan natijani bermayotganini alohida qayd etdi.
Viloyatda röyxatga olinişi lozim bölgan subʼektlar 292,3 mingtani taşkil etadi. Hozirgaça ularning 178 mingtasi qamrab olingan. Ayniqsa, Döstlik, Şarof Raşidov, Zarbdor, Zafarobod, Mirzaçöl tumanlari ortda qolmoqda. Jizzax şahrida ham körsatkiçlar pastligiça qolyapti.
Eng jiddiy muammo maʼlumotlarning sifati bilan boğliq. Röyxatga olingan maʼlumotlarning 47 mingtasi xatolik bilan kiritilgan. Bu umumiy körsatkiçning 26,4 foizini taşkil etadi.
Ayrim hollarda tadbirkorlik subʼektining özi suratga olinmagan. Faqat mahalla binosining geolokatsiyasi belgilangan. Bunday yondaşuv xatlovning haqqoniyligiga şubha uyğotadi.

Yuridik şaxslar, jumladan, fermer xöjaliklarini röyxatga olişda ham sustkaşlik kuzatilgan. Hisobot.stat.uz tizimi orqali rejadagi 38,1 mingta subʼekt qamrab olinişi kerak. Ammo hozirgaça faqat 5,1 mingtasi röyxatdan ötkazilgan. Özini özi band qilgan şaxslar qamrovi esa 30,2 foizda qolgan.
Viloyat hokimi Uluğbek Mustafoyev raisligidagi yiğilişda uşbu kamçiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Tuman va şahar hokimlarining hisobotlari tinglandi. Masʼullarning iş taşkil etişidagi nuqsonlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Viloyat hokimi Uluğbek Mustafoyev jarayonda sifat körsatkiçi muhimligini taʼkidladi: "Bunday jarayonda faqat qamrov körsatkiçini oşiriş yetarli emas. Har bir maʼlumot haqiqiy holatni aks ettirişi lozim. Aks holda, şakllangan statistik baza iqtisodiy qarorlar uçun işonçli asos bölolmaydi".

Mazkur yönalişdagi huquqiy asoslar ham takomillaştirilgan. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 557-son qarori qabul qilingan. U "Özbekiston Respublikasida biznesni röyxatga olişni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida" deb nomlanadi. (Manba: Lex.uz).
Yiğiliş yakunida kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça aniq vazifalar belgilandi. Kiritilgan xatolarni uç kun içida tuzatiş topşirildi. Tuman va şahar hokimlari har kuni bir soat ajratadi. Röyxatga oliş işlari 25-noyabrga qadar yakunlanişi lozim.
Soliq boşqarmasi bilan hamkorlikda yana bir muhim vazifa belgilandi. Buxgalteriya markazlari orqali 33 mingta yuridik şaxs maʼlumotlari kiritiladi. Bu iş beş kun içida amalga oşirilişi kerak.

Mahalla boşqarmasi rahbariga ham alohida topşiriq berildi. U mahalla raislari bilan jarayonni muhokama qilişi lozim. Röyxatga oliş belgilangan talablar asosida taşkil etilişi şart.
Zero, iqtisodiyotning haqiqiy holatini biliş işonçli statistikadan boşlanadi. Har bir tadbirkorlik subʼektining töğri hisobga olinişi muhim. Bu kelgusida hududlarni rivojlantiriş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş qarorlariga asos böladi. Şuning uçun bu jarayonda rasmiyatçilikka emas, aniqlik va masʼuliyatga ustuvorlik berilişi zarur.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri