Diniy bağrikenglik — tinçlik, döstlik va hamjihatlik timsoli
Mamlakatimizda «Bağrikenglik haftaligi» tadbirlari bölib ötmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasida «Diniy bağrikenglik» kökrak nişonini tantanali topşiriş marosimi taşkil etildi.
Tadbirda turli vazirlik va idoralar, milliy madaniy markazlar, mamlakatimizda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari, maʼrifiy-diniy markazlar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davronbek Maqsudov mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari örtasidagi döstlik, hamjihatlik va bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan bir neça yil avval taʼsis etilgan «Diniy bağrikenglik» kökrak nişoni yurtimizda özaro hamjihatlik, ahillik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaşga munosib hissa qöşayotgan insonlarning mehnati va ezgu intilişlarini eʼtirof etiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Eʼtiborlisi, bu yilgi «Diniy bağrikenglik» kökrak nişoni sohiblari orasida milliy madaniy markazlar, maʼrifiy muassasalar va elçixonalar vakillari ham bor.
[gallery-32559]
— Mamlakatimizda millatlararo döstlik va hamjihatlikni taʼminlaşga qaratilayotgan yuksak eʼtibor markazimiz faoliyatida ham öz aksini topmoqda, — dedi Respublika Tojik milliy madaniy markazining Toşkent viloyati bölimi rahbari, «Diniy bağrikenglik» kökrak nişoni sohibi Savron Mirzayev. — Darhaqiqat, eng katta boyligimiz — tinçligimiz, ahilligimiz va döstligimiz. Özbekistonda «Bağrikenglik haftaligi»ning yuksak saviyada ötkazilayotgani ham bu boradagi amaliy eʼtiborning yorqin namunasi.
— Diniy bağrikenglik va eʼtiqod erkinligi Qöşma Ştatlarda ham yuksak qadrlanadi, — dedi AQŞning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Xenik. — Özbekistonda bu borada amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar meni hayratda qoldirdi. «Diniy bağrikenglik» kökrak nişoniga sazovor bölganimdan juda mamnunman.
Tadbir yakunida «Diniy bağrikenglik» kökrak nişonlari öz egalariga tantanali ravişda topşirildi.
Marosimda sözga çiqqanlar mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglik va özaro hurmat muhitini yanada mustahkamlaş yölida amalga oşirilayotgan ibratli işlar, bu boradagi hamkorlik va taşabbuslarning ahamiyati haqida atrofliça töxtalib ötdi.
N.Usmonova,
F.Abdurasulov (surat),
ÖzA