Rasmiy munosabat

Bugun, 27 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda Jizzax –Toshkent yo‘lida, Jizzax dovonidan tushishda yuqori kuchlanishli sim uzilib, yo‘lni to‘sib qolgan, har ikki tomon “megaprobka” mazmunida xabar tarqaldi. 

Ushbu xabar yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:   

Aslida bu elektr uzatish havo tarmog‘i kuchlanish ostida bo‘lmagan, texnik muhandislik nomi “Zafarobod-1” va “Zafarobod-2” bo‘lgan yangi qurilgan tarmoq bo‘lib, yo‘l harakati xavfsizligi mutaxassislari ishtirokida aloqa kabelini (optik tolali kabel va yashin qaytargich simlari) o‘tkazish ishlari bajarilgan paytda suratga olingan. 

Aloqa kabelini tortish ishlari bugun soat 10:30 da boshlangan bo‘lib, 12:30 da to‘liq yakunlangan va magistral yo‘lda tirbandlik paydo bo‘lmasligi uchun har 15 daqiqada yo‘l ochilib, avtotransport harakati mas’ul xodimlar tomonidan tartibga solib turilgan.

Munosabatda fuqarolardan yolg‘on va vahima uyg‘otuvchi bu kabi asossiz xabarlarni tarqatmaslik so‘ralgan. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax – Toshkent yo‘lida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i uzilmagan