Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimiz hududlarida mavjud yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarida bu borada amalga oshirilgan ishlar tizim faoliyatini yanada yaxshilashda muhim omil bo‘layotir.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Xoliq Elmurodov bu borada amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari haqida gapirib berdi.

– 2021 yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra, hududlar kesimida erishilgan yutuqlar, mavjud kamchilik va ularning yechimlariga oid amalga oshirilgan ishlarni quyidagicha tahlil qilish mumkin, – dedi X.Elmurodov. 

– Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal’a tumanlarining asosiy qismini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelgan 220 kVli “Beruniy” podstansiyasida quvvati 93 foiz yuklama bilan ishlayotgan 1 ta 125 MVAli AT-1 transformatori mavjud edi. 

Ushbu transformatorda rejali ta’mir va elektr sinov ishlarini bajarish uchun elektr tarmoqlarida qisman cheklovlar kiritilishi lozim bo‘lganligi sababli ta’mirlash ishlarida muammolar yuzaga keldi. Bu muammoni yechish hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni, sanoatni rivojlantirish va tadbirkorlik sub’ektlarining ehtiyojini qoplash maqsadida joriy yilda 220 kVli “Beruniy” podstansiyasiga quvvati 125 MVA bo‘lgan AT-2 ikkinchi transformatori o‘rnatilib, AT-1 transformatori yuklamasi me’yoriga keltirildi.

Yuqorida amalga oshirilgan dasturlarining samaradorligi natijasida Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal’a tumanlarida kuz-qish mavsumlaridagi elektr ta’minotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan cheklovlarning oldi olinib, mavjud ishlab chiqarish korxonalari quvvatlarini kengaytirish va yangi tadbirkorlik ob’ektlarining tashqi elektr ta’minotiga ulanishiga, elektr ta’minotidagi mustahkamlikning oshirilishiga hamda keyingi 3-5 yillikda elektr energiyasiga bo‘lgan talab to‘liq qoplanishiga erishildi.

Andijon viloyatida 2021 yilda 103 foiz o‘ta yuklama bilan ishlayotgan 220 kVli “Xakan” podstansiyasida joriy yilda 1 ta 125 MVA transformator o‘rniga 200 MVAli transformator o‘rnatilib, viloyatda jami 75 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Andijon shahri, Andijon, Oltinko‘l, Izboskan, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlarining energiya ta’minoti yaxshilandi, kuz-qish mavsumlaridagi elektr energiyasi cheklovlariga barham berilib, elektr xo‘jalik ob’ektlarining turg‘unligi va iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi batamom ta’minlangani ahamiyatlidir.

Buxoro viloyatida 2021 yilda “Quyimozor” podstansiyasida 2 ta 30 MVA transformator o‘rniga 1 ta 125 MVAli transformator o‘rnatildi hamda qo‘shimcha 1 ta 63 MVAli transformator o‘rnatilib, natijada viloyatda qo‘shimcha jami 128 MVA quvvat joriy etilishiga erishildi. “Quyimozor” podstansiyasidan ta’minlanuvchi Amu-Buxoro mashina kanali tizimining tashqi elektr tarmoqlari mustahkamligi oshirildi. 

Buxoro viloyatining elektr ta’minotidagi quvvat tanqisligi muammolari yechildi va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi tadbirkorlik sub’ektlarining elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi.

Jizzax viloyatida kuchlanishi 110 kVli “DNS-2” podstansiyasini rekonstruksiya qilish natijasida kuchlanishi 220 kVli podstansiyaga aylantirilib, yangi 2 ta 125 MVA quvvatli transformatorni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda mavjud quvvatlarning yanada oshirilishi natijasida viloyatning Dashtobod, Zomin, Zafarobod, Sharof Rashidov tumanlarining elektr ta’minoti yaxshilanib, yangi qurilgan sement zavodlari, ijtimoiy soha ob’ektlari boshqa tadbirkorlik sub’ektlari tashqi elektr ta’minoti ishonchliligi ta’minlandi.

Qashqadaryo viloyatida 2020-2021 yillarda Shahrisabz tumanida 220 kVli “Amir Temur” podstansiyasi soha mablag‘lari hisobidan qurilib, quvvati 125 MVA bo‘lgan 1 dona transformator o‘rnatildi. Yangi podstansiya qurilishi viloyatdagi podstansiyalarning yuklamalarini me’yorga keltirish bilan bir qatorda 110 kVli “Yakkabog‘–1” va “Yakkabog‘–2” havo elektr uzatish tarmoqlarida o‘ta yuklama hosil bo‘lishi holatlari oldi olindi, “QARSHI CONCH CEMENT” MCHJ QK tashqi elektr ta’minoti bilan ta’minlandi. 

Bu ishlar natijasida Qashqadaryo viloyatida qo‘shimcha quvvat yaratilib, Qarshi shahrida, G‘uzor, Dehqonobod, Kitob, Yakkabog‘, Shahrisabz, Chiroqchi va Qamashi tumanlarining elektr ta’minotidagi quvvat tanqisligi muammolari yechildi va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi tadbirkorlik sub’ektlarining elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, bu boradagi ishlar Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent kabi viloyatlarda tizimli tashkil etildi. Masalan, Toshkent shahrida 2021 yilda 220 kVli “Yuksak” podstansiyasida 1 ta qo‘shimcha 63 MVA transformator o‘rnatildi. Toshkent shahrida ekspluatatsiya qilinib kelinayotgan podstansiyalarda sohada amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlari samaradorligi natijasida poytaxt energetika tarmog‘i ishonchliligi oshirildi, zarur holatlarda bitta podstansiyaning yuklamasini boshqa podstansiyaga vaqtincha berish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Sohada amalga oshirilgan investitsiya dasturlarining samaradorligi natijasida viloyatda yozgi maksimum va kuz-qish mavsumlaridagi yuklamalarning ortishi bilan yuzaga keladigan quvvat tanqisligiga barham berilib, elektr xo‘jalik ob’ektlari turg‘unligini va iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi batamom ta’minlandi. “O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi podstansiyalarda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq choralar ko‘rilgan bo‘lib, jami 67 dona havoli o‘chirgich elegazli o‘chirgichlarga almashtirildi.

Jamiyatimiz tasarrufidagi podstansiyalarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash hamda soha mutaxassislarini tayyorlash maqsadida yil yakunigacha 6 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarning amalga oshirilishidan oldin respublikamiz aholisi iste’molchilarida, ijtimoiy soha ob’ektlarida, katta-kichik ishlab chiqarish korxonalarida kuz-qish mavsumlari davrida va yangi barpo etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun quvvat yetkazib berish imkoniyati cheklanganligi hamda tizimdagi elektr quvvati tanqisligi oqibatida cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘layotgan edi. 

Sohada amalga oshirilgan investitsiya dasturlarining samaradorligi natijasida elektr energiyasi ta’minotida keng ko‘lamli yo‘llar ochilishiga, mavjud va yangi ishlab chiqarish ob’ektlari quvvatini oshirishga hamda aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilib, cheklovlar oldini olish va mustahkam, ishonchli elektr ta’minotiga erishilgani quvonarlidir.

O‘zA muxbiri

Nasiba ZIYODULLAEVA yozib oldi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya dasturi: yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida quvvat tanqisligi bo‘lmaydi