Mamlakatimizda keyingi 7 – 8 yil davomida o‘qituvchi-muallimlarning obro‘-e’tiborini oshirish, ularning qadrini yuksaltirish, kasbiy va jismoniy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati, Jizzax shahridagi Prezident maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari faoliyat yuritmoqda. Joriy o‘quv yilidan boshlab viloyatda 562 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 1 ta viloyat bolalar kutubxonasi faoliyat olib bormoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab viloyatda yangidan bunyod etilgan 4 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarni o‘z bag‘riga olganligini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mutasaddilari tomonidan Prezidentimizning 2024 yil 15 noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida muayan ishlar amalga oshirilmoqda.

– Maktabimizda 1610 nafar o‘quvchiga 3 nafar oliy, 1 nafar birinchi va 1 nafar ikkinchi toifali jismoniy tarbiya o‘qituvchisi saboq berib kelmoqda, – deydi Jizzax shahridagi 10-sonli umumta’lim maktabi oliy toifali jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Asil Ahmadjonov. – Davlatimiz rahbarining 2024 yil 15 noyabrdagi qarori maktablarimizda jismoniy tarbiya fanining o‘qitilishida, sport turlarining rivojlanishida va shu predmet o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Qarorda tizimning mutasaddi rahbarlari bilan bir qatorda har bir jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi oldiga juda muhim va dolzarb vazifalar qo‘yilmoqda. Masalan, umumta’lim maktablarida seleksiya ishlarini olib borish, sport turlari bo‘yicha yangi to‘garaklarni tashkil etish, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash kabilar shular jumlasidandir.

O‘quvchilar va ularning ota-onalari qiziqishi, xohish-istaklaridan kelib chiqib, ta’lim muassasasi qoshida voleybol, basketbol, gandbol, futbol, shaxmat, shashka, gimnastika, yengil atletika kabi sport to‘garaklari muntazam ravishda faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu to‘garaklarga bolalarning iqtidoriga qarab a’zo qilinganini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

[gallery-21520]

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan respublika, viloyat va shahar sport musobaqalarida g‘olib va sovrindorlar orasida shu maktab o‘quvchilarining borligi quvonchlidir. 

Masalan, joriy yilning 13 - 20 yanvar kunlari shaxmat bo‘yicha kichik yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘rtasida Andijon shahrida o‘tkazilgan respublika bellashuvida 9 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar o‘rtasida maktabning 2-sinf o‘quvchisi Muslima Bahromova bilits-shaxmat yo‘nalishida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Ayni paytda shaxmat bo‘yicha 8, 10 va 12 yosh toifasida o‘quvchi o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida Jizzax shahri mezbonligida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston birinchiligida ishtirok etayotgan 400 nafar kichik yoshdagi sportchining 3 nafari aynan shu maktab o‘quvchisi ekanini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak.

Ta’lim muassasasini tamomlab ketganlarning 2 nafari Osiyo chempioni, 1 nafari jahon kubogi sohibi va 15 nafari O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘lgani katta faxrdir.

– Viloyatimiz bo‘yicha jami 560 dan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘lib, ushbu ta’lim maskanlarida 1437 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi faoliyat yuritmoqda, – deydi Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Farrux Xudoyberdiv. –Prezidentimizning 2024 yil 15 noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida boshqarmamiz va uning shahar, tuman bo‘limlarida viloyat sport ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olingan. 

Mazkur qarorning bandlaridan biriga ko‘ra, aynan Jizzax viloyati hokimligi va boshqarmaga bevosita Zomin tumani “Lochin” bolalar yozgi dam olish oromgohida o‘quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Ana shu o‘quv-mashg‘ulotlar bazasini joriy yilning 1 mayiga qadar ishga tushirishni rejalashtirganmiz va bu borada oromgohda izchillik bilan ishlar olib borilmoqda. O‘qituvchilarimizning kasbiy salohiyatini oshirish borasida ham bir qator juda muhim bo‘lgan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Hozirgi kunda viloyatdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining 309 nafari oliy toifa sertifikatiga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. 

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, qator musobaqalar tashkil etish maqsadida barcha umumta’lim maktablarida ko‘plab sport to‘garaklari muntazam faoliyat yuritib kelayotgani tahsinga loyiq. To‘garaklarda mavjud va yangidan ochiladigan to‘garaklarda sport turlarining yanada rivojlanshiga va ommalashishiga alohida e’tibor qaratilib, viloyat sport boshqarmasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

O‘qituvchilarning kasbiy slohiyatini oshirish va ularni baholash bo‘yicha milliy baholash tizimi ham 2024-2025 o‘quv yilidan ishga tushiriladi. Joriy yilning o‘zida viloyat bo‘yicha 60 foiz jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasb mahoratini oshirish maqsad qilingan. 

Bulardan tashqari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator sport turlarini yanada ommalashtirish maqsadida uch bosqichli sport musobaqalari belgilangan jadvalga asosan amalga oshiriladi. Sport bellashuvlarini uchta: maktab – tuman (shahar) – viloyat bosqichlari darajasida o‘tkazish yuzasidan maktabgacha va maktab ta’limi hamda sport boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Muxtasar qilib aytganda, viloyatda davlatimiz rahbarining yuqorida nomi zikr etilgan qarori ijrosi doirasida hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar yetarlicha mavjud. Lekin Jizzax viloyati jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini oshirish, o‘quvchilar bilan maktablarda tashkil etilgan sport to‘garaklarida ishlash mexanizmini to‘liq yo‘lga qo‘yish borasida muayyan ishlar olib borilayotir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Y4xvits856s?si=BiTEQzv1IcTNroAV" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov, J.Yorbekov (video, surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax maktablarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish darajasi qoniqarlimi?