Misrning “Al-Muvatin” nashri bir guruh misrlik ishbilarmonlar 23-24 aprel kunlari Zomin tumanida o‘tkazilgan “Jizzax-2025” xalqaro biznes forumida ishtirok etganini yoritdi.

Maqolaga O‘zA foto muxbiri Jamshid Yorbekov olgan suratlar ilova qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil qilingan anjumanda 30 dan ziyod davlatdan 300 nafarga yaqin xorijiy, 100 nafar mahalliy sarmoyador, mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalar vakillari ishtirok etgan.

Ikki kun davom etgan tadbir doirasida viloyatdagi yirik loyihalar taqdimoti, B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muallif “Asas Altamir Contracting”, “General Metals”, “Edulixa360”, “Power tech for Material Handling”, “Hamed holding”, “Monglish International Academy”, “Bell Energy”, “In2Metals” kompaniyalari vakillari bilan hamkorlikda suv tarmog‘i, ta’lim, turizm, geologiya, pudratchilik sohalarida loyihalar amalga oshirish rejalashtirilganiga e’tibor qaratgan.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish, O‘zbekistonga zamonaviy sanoat texnologiyalarini jalb etish, Jizzax mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish bo‘yicha shartnomalar tuzilgani ta’kidlangan.

Forum doirasida xorijiy ishtirokchilarga Jizzaxning investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish qilingan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax biznes forumida misrlik ishbilarmonlar ham ishtirok etdi