Milliy matbuot markazida taniqli adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda ulg‘ayib kelayotgan avlod ma’naviyatini yuksaltirishda olimlarimizning tadqiqotlari, millatni uyg‘oqlikka chorlovchi asarlari katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.  

Atoqli adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” deb nomlangan yangi kitobi ta’lim sohasini isloh etishda muhim fikr va qarashlarni ifoda etgani bilan g‘oyat qadrlidir.  

– 628 sahifalik ushbu kitob yuksak talablarga javob berishi, o‘zbek hayotini to‘laqonli aks ettirishi bilan ahamiyatlidir, – dedi dotsent Hoshimjon Ahmedov. – Bugun eng katta muammo adabiyot darsini o‘qitishdir. Maktab ostonasiga qadam qo‘ygan bola uni bitirguniga qadar qancha kunlarni boshidan o‘tkazadi. Kitobda muallif hammani bir xil fikrlashga majburlash noto‘g‘ri yondashuv ekanini ta’kidlaydi. Toki o‘quvchi mustaqil fikrlar ekan, u ertaga qandaydir kashfiyotlar egasi ham bo‘lishi mumkin. Ushbu kitobda milliy pedagogikaga oid eng muhim jihatlar qamrab olingan. O‘quvchilarga tepadan turib emas, balki hamkor sifatida qarash kerakligi alohida qayd etilgan. Bolani mustaqil fikrlashga o‘rgatish katta va sermashaqqat jarayon. Ta’limdagi asosiy yondashuv, nuqtayi nazarlardan biri bolani mustaqil fikrlashga o‘rgatish ekan, ushbu kitob bu borada muhim qadamdir.  

– Har bir ijodkorning o‘z nuqtayi nazari, maslagi bor, – dedi adib, shoir va tarjimon Abdunabi Boyqo‘ziyev. – Shu ma’noda kitobni ham odamga o‘xshatish mumkin. Uning o‘z so‘zi, yuzi, taqdiri bor. Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” nomli kitobi zamonning eng dolzarb darajasidagi kitobdir. Unda inqilobiy fikrlar aytilgani diqqatga sazovor. Jumladan, o‘quvchining o‘zligini tanitish, uni shaxsga aylantirish kerakligi haqida qimmatli fikrlar yuritilgan. Domlaning maqolalari, kitoblarini qiziqib o‘qiyman. Zero, bugun jamiyat shunday asarlarga juda muhtoj. Ushbu kitob yangicha fikrli avlodni shakllantirishda, jamiyat rivojida ulkan ahamiyat kasb etishi shubhasiz.  

– “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasini” bir-bir varaqladim, – dedi adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov. “O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi” unvonini olgan pedagoglar juda ko‘p ekan. Lekin xalqimiz O‘zbekiston xalq artisti, xalq yozuvchisi, xalq shoirlarini ko‘proq taniydi. Zero, bugun pedagogika sohasidagi zahmatkash insonlarni elga tanitish dolzarbdir. Qozoqboy Yo‘ldoshevning ushbu yangi kitobida o‘zbek pedagogikasi bugun qanday bo‘lmog‘i kerakligi, uning milliy asoslarga tayanmog‘i kerakligi haqidagi qarashlar bayon etilgan. Qozoqboy Yo‘ldoshevni ko‘proq adabiy tanqidchi sifatida bilardim. Bu kitob pedagogika, uning metodikasini qamrab olgani bilan qadrlidir. U o‘quvchining ongini boyitadigan, tafakkurga undaydigan kitobdir. “Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” badiiy kitob emas, undagi muallifning qarashlari o‘quvchiga bir muddat singishi kerak. Mazkur asarda bildirilgan fikrlar amalga oshsa, bu Qozoqboy Yo‘ldoshev uchun eng katta mukofotdir.  

[gallery-15412]

– “Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” muallifning ilm, adabiyot maydonidagi kurashchanligi natijasida yuzaga keldi, – dedi “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov. – Uning ming tirajda chiqqani uyat nazarimda. Kitobni Qozoqboy Yo‘ldoshevning yurtimiz ziyolilariga chaqirig‘i, deb bilmoq kerak. Millat uchun qayg‘urishning yaqqol namunasi, o‘rnagi, deb qarash muhim.  

Taqdimot tadbirida “Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” kitobi xususida atroflicha fikrlar bildirildi.  

Nazokat Usmonova, Oybek Pardayev (suratlar), 

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” – millat uchun qayg‘urish namunasi