Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Jeneva konvensiyalari va ularga qo‘shimcha protokollar qabul qilinganining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda mazkur xalqaro hujjatlarning lotin imlosidagi o‘zbek alifbosida chop etilgan yangi nashri taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.  

Jeneva konvensiyasi va unga qo‘shimcha protokollarning o‘zbek tilida nashr etilishi xalqaro gumanitar me’yorlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu mutaxassislar, davlat xizmatchilari, ilmiy hamjamiyat va keng jamoatchilik o‘rtasida huquqiy xabardorlikni oshirish imkonini beradi. Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish va xalqaro gumanitar huquq sohasidagi huquqiy asoslarni mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori A.Saidov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga va inson huquqlariga so‘zsiz rioya etishga sodiqdir. O‘zbekiston Jeneva konvensiyalari va ularning qo‘shimcha protokollarini ratifikatsiya qilib, bu xalqaro-huquqiy hujjatlar qoidalarini milliy huquqiy tizim bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, keng ko‘lamli ma’rifiy ishlarni amalga oshirish majburiyatini olgan.  

Xususan, yoshlarni barqaror kelajakning kafolati sifatida tarbiyalash, davlat institutlari, Qurolli Kuchlar, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar va keng jamoatchilik o‘rtasida gumanitar huquq me’yorlari haqidagi bilimlarni yoyishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.  

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Bilyana Miloshevich Jeneva konvensiyalarining BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi qurolli mojarolarning inson hayotiga halokatli ta’sirini cheklash uchun aniq qoidalar o‘rnatish zarurligini umume’tirof etishning ishonchli dalili ekanini ta’kidladi. 

Xalqaro gumanitar huquq zamonaviy qurolli mojarolarning yangi tahdidlariga moslashishda davom etayotir. U o‘zining jangovar harakatlarda ishtirok etmayotgan shaxslarni himoya qilish, urush olib borish vositalari va usullarini cheklash, favqulodda sharoitlarda ham insonparvarlik tamoyillarini saqlab qolish, mojarolarning uzoq muddatli oqibatlarini kamaytirish hamda yarashish va barqaror tinchlik uchun shart-sharoitlarni ta’minlashdan iborat asosiy vazifalariga qat’iy amal qilmoqda.  

Tadbir davomida Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Konstantin Obolenskiy aytganidek, Jeneva konvensiyalarining maqsadi barcha qurolli mojarolarda rioya etilishi shart bo‘lgan minimal gumanitar standartlarni belgilash orqali urush shafqatsizligini yumshatishdir. Jeneva konvensiyalari insoniyatga xizmat qilishdek umumjahoniy majburiyatni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, turli vaziyatlardan qat’i nazar, har bir insonga qadr-qimmat, xavfsizlik va rahm-shafqat kafolatlanishi kerak bo‘lgan mustahkam tamoyillarni eslatib turadi. Shu nuqtai nazardan, ayni konvensiyalar xalqaro huquqning fundamental qadriyatidir.  

Elchi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro gumanitar huquq tamoyillarini ommalashtirish va joriy etishga sodiqligini yuqori baholadi. Bu mamlakatning gumanistik qadriyatlar va inson huquqlarini milliy va xalqaro darajada mustahkamlashga intilishini tasdiqlashini e’tirof etdi.  

Tadbir yakunida ishtirokchilar xalqaro gumanitar huquq sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish va uning qoidalarini milliy darajada mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.  

Muhokamalar davomida bir qator amaliy takliflar ilgari surildi. Xususan, Mudofaa vazirligi Akademiyasida Jeneva konvensiyalari va Qo‘shimcha protokollar taqdimotini o‘tkazish, ushbu hujjatlarning o‘zbek tilidagi nashri adadini ko‘paytirish, aholining xalqaro gumanitar huquq tamoyillari va ahamiyati haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni uyushtirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.  

Ushbu tashabbuslar xalqaro gumanitar huquqqa hurmat madaniyatini mustahkamlash, uni amalda qo‘llashni kengaytirish va Jeneva konvensiyalari asosida o‘z mujassamini topgan insonparvarlik qadriyatlarini ilgari surishga xizmat qiladi.  

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jeneva konvensiyalari o‘zbek tilida nashr etildi