JCh-2026. 2-turnirning dastlabki to‘rtta o‘yiniga hakamlar tayinlandi
Taqvim va tayinlovlar bilan quyida tanishishingiz mumkin (o‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan dastlabki to‘rtta uchrashuvda faoliyat yuritadigan hakamlar ro‘yxatini ma'lum qildi. To‘rtta o‘yinning uchtasi 18–19-iyun kunlari Toshkent vaqti bilan bo‘lib o‘tadi.
Taqvim va tayinlovlar bilan quyida tanishishingiz mumkin (o‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):
Chexiya — JAR
Sana va vaqt: 18-iyun, soat 21:00
Stadion: Atlanta, "Mercedes-Benz Stadium"
Bosh hakam: Tori Penso (AQSh)
Yordamchi hakamlar: Bruk Mayo, Ketrin Nesbitt (ikkisi ham — AQSh)
To‘rtinchi hakam: Kempl-Kirk Kavana-Vo (Yangi Zelandiya)
Zaxira yordamchi hakami: Isaak Trevis (Yangi Zelandiya)
Shveysariya — Bosniya va Gersegovina
Sana va vaqt: 18-iyun, soat 23:59
Stadion: Los-Anjeles, "SoFi Stadium"
Bosh hakam: Joao Pineyro (Portugaliya)
Yordamchi hakamlar: Bruno Jezus, Lusiano Mayya (ikkisi ham — Portugaliya)
To‘rtinchi hakam: Yusuke Araki (Yaponiya)
Zaxira yordamchi hakami: Jun Mixara (Yaponiya)
Kanada — Qatar
Sana va vaqt: 19-iyun, soat 03:00
Stadion: Vankuver, "BC Place"
Bosh hakam: Kristian Garay (Chili)
Yordamchi hakamlar: Xose Retamal, Migel Rocha (ikkisi ham — Chili)
To‘rtinchi hakam: Kevin Ortega (Peru)
Zaxira yordamchi hakami: Maykl Orue (Peru)
Meksika — Janubiy Koreya
Sana va vaqt: 19-iyun, soat 06:00
Stadion: Gvadalaxara, "Estadio Akron"
Bosh hakam: Gustavo Texera (Urugvay)
Yordamchi hakamlar: Karlos Barreyro, Nikolas Taran (ikkisi ham — Urugvay)
To‘rtinchi hakam: Andres Roxas (Kolumbiya)
Zaxira yordamchi hakami: Aleksandr Gusman (Kolumbiya)